Korporatsiyalarga
Internet
Internet to’plamlar
Oylik Internet-to‘plamlar

Oylik internet-to‘plamlar

Ko‘proq to‘plamlar – ko‘proq imkoniyatlar!

12 ta avtomatik tarzda belgilanuvhi to‘plamlar siz uchun.

  • Oylik internet-to‘plam faollashtirilganidan so‘ng 30 kun davomida amal qiladi.

Qoldiqni USSD-so‘rov bo‘yicha tekshirish –

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* To‘ldirishi kerak

Internet-to‘plamlar

08.10.2020-y.gacha bo‘lgan to‘plamlar 08.10.2020-y.dan yangi to‘plamlar  
To‘plamlar Berilgan trafik hajmi, MB Narxi, so‘m To‘plamlar Berilgan trafik hajmi, MB Narxi, so‘m MB amal qilish muddati
To‘plam 100 100 8 900 To‘plam 500 MB 500 8 900 31 kun
To‘plam 300 300 13 900 To‘plam 1 GB 1024 13 000
To‘plam 600 600 19 900 To‘plam 1.5 GB 1536 15 000
To‘plam 1.5 1536 29 900 To‘plam 3 GB 3072 25 000
To‘plam 3.5 3584 55 900 To‘plam 5 GB 5120 35 000
To‘plam 5 5120 70 900 To‘plam 10 GB 10240 55 000
To‘plam 8.5 8704 109 900 To‘plam 12 GB 12288 65 000
To‘plam 12 12288 119 900 To‘plam 14 GB 14336 75 000
To‘plam 16 16384 136 900 To‘plam 16 GB 16384 85 000
To‘plam 32 32768 188 900 To‘plam 32 GB 32768 115 000
To‘plam 64 65536 230 900 To‘plam 64 GB 65536 135 000
To‘plam 128 131072 293 900 To‘plam 128 GB 131072 188 000
Ma’lumot
  1. Xizmat faqat keyin to‘lanadigan xizmat tizimi abonentlari uchun amal qiladi;
  2. Agar “Taqvimiy internet-to‘plamlar” yoki “Gigamaniya” to‘plamlari faollashtirilgan bo‘lsa “Oylik internet-to‘plamlarni” faollashtirib bo‘lmaydi.
  3. Abonent to‘lovi har 30 kunda yechiladi;
  4. Kompaniya korporativ abonentlariga xizmatni yoqish uchun, muvofiq raqamlar qayd etilgan shaxs nomidan Kompaniyaga rasmiy murojaat bilan xat taqdim etilishi lozim;
  5. Jismoniy shaxslar xizmatni faollashirish uchun *555*10# so‘rovini jo‘natishlari lozim, yoki Kompaniya ofislarining biriga kelib xizmatlarni yoqish bo‘yicha tegishli ariza yozishlari kerak;
  6. “Oylik internet-to‘plamlar” avtomatik tarzda belgilanadi. Korporativ mijozlar avtomatik tarzda belgilanishni o‘chirish uchun Kompaniyaga rasmiy murojaat bilan xat taqdim etishlari lozim.
  7. Jismoniy shaxslar avtomatik tarzda belgilanishni o‘chirishlari uchun *555*2*10*2*1# so‘rovini jo‘natishlari, yoki Kompaniya ofislarining biriga kelib xizmatlarni bekor qilish bo‘yicha tegishli ariza yozishlari kerak.
  8. Xizmat yoqilganidan keyin 30 kun o‘tib, abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to’plamda qolgan trafikning amal qilish muddati nolga teng bo‘ladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan va avtomatik tarzda yoqilgandan so‘ng 30 kunga 00:00 da belgilanadi. Ortiqcha harajatlarning oldini olish maqsadida, yangi Internet-to‘plamdan foydalanishdan avval, trafik qoldig‘ini tekshirish zarur;
  9. Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilganida, to‘plam faollashtirilgan kunidan boshlab 30 kundan so‘ng, trafik qoldig‘i nolga tenglashtiriladi;
  10. Internet-to‘plamga qayta ulanganda, agar avvalgi to‘plam amal qilishi muddati tugamagan bo‘lsa, yangi to‘plamda berilgan trafikka avvalgi to‘plamda sarflanmagan trafik miqdori qo‘shib beriladi;
  11. To‘plamning amal qilish muddati so‘nggi yoqilgan to‘plam muddatidan kelib chiqib belgilanadi.  Shuningdek avtomatik tarzda belgilash jarayoni ham so‘nggi yoqilgan to‘plam shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
  12. To‘plamda berilgan MBlardan faqat faol holatda foydalanish mumkin;
  13. Oylik internet-to'plamlar shaxsiy kabinet orqali faollashtirilishi/o'chirilishi mumkin;
  14. Agar to‘plamni xarid qilish paytida internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, xizmatning to‘g‘ri taqdim etilishi uchun internet-sessiyani to‘xtatib, qaytadan ulanishingiz tavsiya etiladi va shundan keyin Internetda ishlashni yana davom ettirishingiz mumkin;
  15. Xizmatni faollashtirgandan so‘ng, xarid qilgan internet trafik belgilanganligini *107# USSD-so‘rovi orqali tekshirishingiz lozim. Bunga qadar internet tarif rejangizga muvofiq narxlanadi. Bu hollarda Kompaniya taqdim etilgan xizmatlar bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilmaydi va qayta hisob-kitoblarni amalga oshirmaydi.
  16. Abonent raqami hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, tizim 20 kun davomida internet-to‘plamni belgilashga urinadi. Abonent to‘lovi samarali yechilgan taqdirda trafik to‘liq hajmda belgilanadi, uning amal qilish muddati esa keyingi avtomatik belgilangunga qadar qolgan kunlar soniga teng bo‘ladi.
Alohida hisob

"Alohida hisob" xizmati uchun 30 kunlik Internet-to‘plamlar tavsifi:

  1. Bu to‘plamlar faqatgina "Alohida hisob" foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Ulanish *554# USSD so’rov orqali amalga oshiriladi;
  2. Abonent to‘lovi har 30 kunda, abonentning shaxsiy balansidan yechiladi;
  3. 30 kunlik Internet-to‘plamlar avtomatik belgilash xizmati bilan faollashtiriladi, ya‘ni, to‘plamni faollashtirgan kundan boshlab, hisobingizda yetarli mablag‘ bo‘lgan taqdirda, har 30 kunda, xarid qilingan to‘plam taqdim etiladi. Oldingi oydan qolgan Internet-trafikning amal qilish muddati yangi oyga uzaytiriladi;
  4. Avtomatik uzaytirish funksiyasi USSD-so'rov yordamida o'chirilishi mumkin - *554*10*2*1# (qo'ng'iroq tugmasi). Avtomatik belgilanish funksiyasi o'chirilgan bo'lsa, internet-to'plam faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun o'tgach, trafik qoldig'i bekor qilinadi;
  5. Amaldagi to'plam muddati tugamagan bo'lib, Internet-to‘plam qayta ulanganida,  yangi to'plamga kiritilgan trafik sarflanmagan trafik qoldig'iga qo'shiladi;
  6. Trafikning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan Internet-to'plamning amal qilish muddatiga teng bo'ladi. Shu bilan birga, avtomatik belgilash funksiyasi oxirgi belgilangan Internet-to‘plam shartlariga muvofiq ishlaydi;
  7. Internet-to'plamga kiritilgan trafikdan faqat faol holatda foydalanish mumkin;;
  8. To‘plam faollshtirilgandan so‘ng, internet-trafik qoldig‘ini *107#(chaqiruv tugmasi) orqali tekshiring va Internet-to‘plam xarid qilinganiga ishonch hosil qiling. To‘plam xarid qilinguniga qadar, internet uchun to‘lov sizning tarif rejangizga muvofiq amalga oshiriladi. Shuni eslatib o‘tamizki, agar bunday vaziyat yuaga keladigan bo‘lsa, Kompaniya taqdim etgan xizmatlar bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilmaydi va hisob-kitoblarni qayta amalga oshirmaydi.
  9. Abonent raqami hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, tizim 20 kun davomida internet-to‘plamni belgilashga urinadi. Abonent to‘lovi samarali yechilgan taqdirda trafik to‘liq hajmda belgilanadi, uning amal qilish muddati esa keyingi avtomatik belgilangunga qadar qolgan kunlar soniga teng bo‘ladi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.