Safardan oldin
va safar davomida
rouming haqida batafsil!
Korporatsiyalarga
Rouming
Rouming qo‘llanmasi

Ommabop savollar va aniq javoblar

  • Rouming nima va u qancha turadi?

    Rouming – bu dunyoning istalgan mamlakatida Ucell aloqasidan foydalanish imkonini beruvchi xizmatdir.
    Har bir mamlakatda siz xorijda aloqadan foydalanganingizda avtomatik ravishda amal qila boshlaydigan asosiy shartlar mavjud. Asosiy shartlar uchun to‘lov mamlakatga bog‘liq bo‘lib, roumingdagi hududiy narxlashga muvofiq hisoblanadi.
    Agar asosiy shartlar mos kelmasa, siz tejamkor muqobillardan foydalanishingiz mumkin.

  • Rouming xizmatini qanday faollashtirish yoki o‘chirish mumkin?

    Ucell «Rouming-Online» (*155#) xizmatining ikki turini taklif etadi:

    «Camel Not Full Roaming» – O‘zbekistonga chegaradosh mamlakatlardan (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Turkmaniston) tashqari dunyoning barcha mamlakatlarida Ucellning Camel rouming-hamkorlari tarmoqlarida rouming. Agar siz O‘zbekistonga chegaradosh hududlarda tez-tez borib turadigan bo‘lsangiz, rejalashtirilmagan rouming faollashuvining oldini olish uchun, «Camel Not Full Roaming» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Shuningdek, raqam ulatish paytida standart holatda Prepaid tizimining barcha abonentlariga «Camel Not Full Roaming» xizmati yoqiladi.
    «Camel Full Roaming» – dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonga chegaradosh mamlakatlarda ham Ucellning Camel rouming-hamkorlari tarmoqlarida rouming.

    Xizmatni faollashtirish narxi va abonent to‘lovi – 0 UZS.

    Rouming xizmatini faollashtirish, o‘chirish va holatini tekshirish faqat Faol holatda quyidagi xizmat ko‘rsatish tizmilari orqali mumkin bo‘ladi:
    • Ucell ofislari;
    • Ucell abonentlarni qo‘llab-quvvatlash markazi: 8123 yoki 8111;
    • Shaxsiy kabinet;
    • «My Ucell» Telegram-boti;
    • *155# USSD-so‘rovi;
    • «My Ucell» mobil ilovasi.

    *Korporativ abonentlar rouming xizmatini faollashtirish uchun Ucell ofislaridagi korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga yozma ariza bilan murojaat qilishlari kerak.

  • Sayohat paytida roumingni qanday faollashtirish mumkin?

    Agar siz rouming xizmatini faollashtirmasdan boshqa mamlakatga borsangiz, sizning raqamingiz rouming-hamkorlar tarmoqlariga ulana olmaydi, ya’ni mobil qurilmangiz yoki smartfoningiz antennasi chiqmaydi. Bu shuni anglatadiki, chiquvchi yoki kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi, SMS-xabarlar almashish, internet va USSD-so‘rovlar ham ishlamaydi.

    Bunday holatda siz Ucell mijozlarni kecha-yu kunduz qo‘llab-quvvatlash xizmatiga boshqa raqamdan qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998931800000 yoki +998931810000. Bunday holda, siz pasport ma’lumotlaringizini taqdim etgan holda to‘liq identifikatsiyadan o‘ishingiz kerak bo‘ladi.

    Agar qo‘ng‘iroq qilishning iloji bo‘lmasa, siz o‘zingiz borgan mamlakatda bepul WI-Fi tarmoqlariga ulanish joylarini topishingiz va smartfoningiz orqali WiFi’ga ulanishingiz kerak. Shunda                      orqali bizga xabar yozishingiz yoki virtual qabulxonaga so‘rov yuborishingiz mumkin. Biz siz bilan albatta bog‘lanamiz. Bunday holda, siz pasport ma’lumotlaringizni taqdim etgan holda to‘liq identifikatsiyadan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

    Shuningdek, «My Ucell» Telegram-boti orqali savollar berishingiz ham mumkin, faqat siz botda oldindan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak. Biz siz bilan albatta bog‘lanamiz.

    Sayohat paytida aloqa xizmatlari bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun boshqa mamlakatlarga ketishdan oldin rouming xizmatini holatini tekshirishni va agar xizmat ulanmagan bo‘lsa, uni O‘zbekiston Respublikasi hududida ulashni qat’iy tavsiya qilamiz.

  • Nima uchun rouming haqi alohida to‘lanadi va ko‘pincha O‘zbekistondagi aloqadan qimmatroq?

    Boshqa mamlakatlarda Ucellning o‘z antennalari yo‘q, shuning uchun Ucell mahalliy mobil operatorlarning antennalarini ijaraga oladi.
    Xorijda mobil aloqa O‘zbekistonnikidan qimmatroq. Masalan, Gretsiyadagi mahalliy aholi 10 GB internet uchun 30 yevro to‘laydi.
    Shu sababli, tarmoqni ijaraga olish narxi yuqori va rouming tariflari ham o‘z mamlakatimizdagi qo‘ng‘iroqlarga qaraganda qimmatroq. Ammo biz xorijdagi muloqotni yanada qulayroq va tejamkor qilishga harakat qilmoqdamiz.

  • Qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS yuborish uchun roumingda raqamni qanday to‘g‘ri terish kerak?

    Roumingda telefon raqamlari xalqaro formatda terilishi kerak: + [mamlakat kodi] [hudud kodi] [telefon raqami]

    Masalan, qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS yuborish uchun:

    • Rouming-operator tarmoqlaridan O‘zbekistonga: +998 (shahar/operator kodi) (abonent raqami)
    • Ucell abonentlari raqamiga: +998 93 (abonent raqami) yoki +998 94 (abonent raqami)
    • Xalqaro raqamga: +(mamlakat kodi) (shahar/operator kodi) (abonent raqami)

  • Nega sayohatchilar uchun mahalliy SIM-karta sotib olishdan ko‘ra rouming ma’qulroq?

    Boshqa mamlakatlarda Ucell SIM-kartasidan foydalanganingizda:

    • Siz o‘z raqamingiz bilan aloqada qolasiz – do‘stlar, hamkasblar va yaqinlaringiz sizga odatdagi raqamingiz orqali qo‘ng‘iroq qilishlari va haqini odatdagidek to‘lashlari mumkin;
    • SIM-kartani qurilmangizga qayta joylashingiz va almashtirishingiz shart emas;
    • Rouming shartlari, hisob holati va to‘plamlar qoldiqlari haqidagi barcha maʼlumotlar www.ucell.uz saytida uch tilda (oʻzbek, rus va ingliz) mavjud.
    • Rouming xizmati istalgan musbat hisob holatida ishlaydi va hisob-kitob real vaqt rejimida amalga oshiriladi;
    • Siz mavjud aloqa tizmlarining eng yuqori sifatlisidan foydalanishingiz mumkin, chunki biz bir vaqtning o‘zida bir nechta mahalliy operatorlar bilan ishlaymiz;
    • Roumingda internet faol holatda siz O‘zbekistondagi istalgan to‘lov xizmati yoki platformasi orqali hisobingizni o‘z vaqtida to‘ldirishingiz mumkin;
    • Hisobingizni real vaqt rejimida tekshirishingiz mumkin.

  • Roumingda hisob holatini qanday tekshirish mumkin?

    • *100# USSD-kodi;
    • Shaxsiy kabinet;
    • «My Ucell» mobil ilovasi;
    •  «My Ucell» Telegram-boti.

  • Roumingda qanday qilib hisobni to‘ldirish mumkin?

    Hisobingizni Ucell sayti orqali to‘ldiring!

    Quyidagi havola orqali o‘ting: Hisobingizni shunchaki oson to‘ldiring - Ucell

    Mobil avans!

    Hisobda pul tugab, hisobni to‘ldirish imkoni bo‘lmasa ham «Mobil avans» xizmati bilan siz doimo aloqada bo‘lasiz.

    USSD-so‘rov: *911#.

    Xizmat haqida batafsil ma’lumot: Mobil avans - Ucell

    Mobil o‘tkazma!

    Roumingda ham hisobingizni to‘ldirishlarini so‘rab do‘stlaringiz va yaqinlaringizga bepul so‘rov yuborishingiz mumkin.

    USSD-so‘rov: *650#.

    Xizmat haqida batafsil: Mobil o‘tkazma - Ucell

    Chegarasiz to‘lov!

    Siz Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston, BAA va Germaniya mamlakatlarida roumingda paytingizda o‘z mobil telefoningiz hisobini, shuningdek yaqinlaringiz hisoblarini to‘ldirishingiz mumkin!

    Xizmat haqida batafsil ma’lumot: Chegarasiz to‘lov - Ucell

    Har qanday to‘lov xizmatlari va platformalari orqali!

    Roumingda internet faol holatda siz O‘zbekistondagi U-to‘lov, CLICK, PAYME, OSON, Apelsin va boshqa to‘lov xizmatlari hamda platformalari orqali hisobingizni to‘ldirishingiz mumkin.

  • Roumingda xarajatlarni qanday qilib kuzatib borish mumkin?

    «Roumingda SMS-tafsilot» bepul xizmati bilan xorijga safarlar paytida rouming xarajatlaringizni kuzatib boring.
    Roumingda oy boshidan amalga oshirilgan ovozli qo‘ng‘iroqlar, SMS, MMS va internet uchun xarajatlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Xizmat doirasidagi so‘rovlar soni – kuniga 3 marta.

    USSD-so‘rov:

    So‘rov narxi – 0 UZS.

    Xizmat haqida batafsil ma’lumot: Roumingda SMS-tafsilot - Ucell

  • Roumingda qancha internet kerakligini qanday hisoblash mumkin?

    WhatsApp
    Xabardagi 500 ta belgi – 1 MB;
    Suhbatning bir daqiqasi – 1,5 MB;
    Videoqo‘ng‘iroqning bir daqiqasi – 10 MB.

    Telegram
    Xabardagi 500 ta belgi – 0,3 MB;
    Suhbatning bir daqiqasi – 0,5 MB;
    Videoqo‘ng‘iroqning bir daqiqasi – 7,5 MB.

    Viber
    Xabardagi 500 ta belgi – 0,5 MB;
    Suhbatning bir daqiqasi – 1 MB;
    Videoqo‘ng‘iroqning bir daqiqasi – 25 MB.

    YouTube
    30 daqiqalik video:
    360p sifatida – 350 MB;
    1080p sifatida – 1 GB.

    Onlayn musiqa
    30 daqiqa tinglash – 300 MB.

    Google maps
    Navigatsiya rejimida 60 daqiqa – 50 MB.

    Zoom
    Videokonferensiyaning 60 daqiqasi:
    standart sifatda – 800 MB;
    HD sifatida – 1,5 GB.

  • «Menga qo‘ng‘iroq qiling» xizmati roumingda ishlaydimi?

    Ha!

    Xizmat haqida batafsil ma’lumot: Menga qo‘ng‘iroq qiling - Ucell

  • Roumingda kiruvchi SMS qancha turadi?

    Bepul.

  • Qanday qilib roumingda ortiqcha pul sarflamaslik mumkin?

    Yangi smartfon modellarida «Помощь Wi Fi» funksiyasi paydo bo‘lgan, bunda, agar Wi-Fi tarmog‘i yaxshi ishlamasa mazkur funksiya ma’lumotlar uzatish o‘chirilgan bo‘lsa ham mobil internetni sarflaydi. Odatda «Помощь Wi Fi» funksiyasi faol holatda turadi.
    Roumingda ortiqcha xarajat qilmaslik uchun ushbu funksiyani o‘chirib qo‘ying:

    Apple: Настройки: → Сотовая связь → ekran pastiga — Помощь Wi Fi → Выключить;
    Samsung: Настройки: → Подключения → Другие настройки → Ускоритель сети → Выключить;
    yoki
    Настройки:→ Подключения → WiFi → Дополнительно (ekran yuqorisidagi uch nuqta belgichasi) → Intelligent WiFi → Выключить;
    Huawei: Настройки:→ Беспроводные сети → Wi Fi → Wi Fi+ → Выключить;
    Xiaomi: Настройки:→ Беспроводные сети → Wi Fi → Расширенные настройки → Помощник Wi Fi → Выключить.

    Ilovalar uchun internetni tejash rejimini yoqishingiz mumkin:

    Apple: Настройки: → Сотовая связь → Параметры данных → Экономия данных → Включить;
    Samsung: Настройки: → Подключения → Использование данных → Экономия трафика → Включить;
    Huawei: Настройки:→ Беспроводные сети → Статистика трафика → Умная экономия трафика → Включить;
    Xiaomi: ilovalarning fonda ishlashi avtomatik cheklangan.

  • Roumingda aloqa bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa nima qilish kerak?

    Avvalo, mobil telefoningiz Ucell rouming-hamkorlaridan birining tarmog‘iga to‘g‘ri sozlanganiga ishonch hosil qiling. Agar smartfoningiz rouming-hamkor tarmog‘iga avtomatik tarzda ulanmasa, dastlab albatta smartfoningizni o‘chirib-yoqing. Agar bu yordam bermasa, uni siz mustaqil tarzda smartfoningiz menyusidan «Вручную» rejimida tarmoqni tanlashingiz kerak bo‘ladi. Buni qanday qilish esa mobil telefoningiz qo‘llanmasida yoki smartfoningiz menyusida batafsil ko‘rsatilgan. Shuningdek, siz boshqa rouming-hamkor tarmog‘ini ham tanlashingiz mumkin:

    Apple: Настройки → Сотовая связь → Выбор сети → Автоматически → Выключить → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
    Samsung: Настройки → Подключения → Мобильные сети → Операторы сети → Выбрать SIM-карту, которую нужно настроить → Поиск сетей → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
    Huawei: Настройки → Беспроводные сети → Мобильная сеть → Выбрать SIM-карту, которую необходимо настроить → Оператор → Авто → Выключить → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
    Xiaomi: Настройки → Беспроводные сети → SIM-карты и мобильные сети → Настройки SIM-карт → Мобильные сети → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang.

  • Roumingda internet ishlamasa nima qilish kerak?

    Avvalambor albatta smartfoningizni o‘chirib-yoqing.

    Agar yordam bermasa, u holda smartfoningizning internet sozlamalarini tekshirishingiz kerak:
    Точка доступа (APN): Internet bo‘lishi lozim.

    Internetni sozlash haqida batafsil: Internet sozlamalari - Ucell

    Agar yordam bermasa, u holda smartfoningizda roumingda internetdan foydalanish funksiyasi yoqilganligini tekshiring. Agar yoqilgan bo‘lsa, unda smartfoningiz menyusidan «Вручную» rejimida boshqa rouming-hamkor tarmog‘ini mustaqil tarzda tanlashingiz kerak bo‘ladi:
    Apple: Настройки → Сотовая связь → Выбор сети → Автоматически → Выключить → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
    Samsung: Настройки → Подключения → Мобильные сети → Операторы сети → Выбрать SIM-карту, которую нужно настроить → Поиск сетей → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
    Huawei: Настройки → Беспроводные сети → Мобильная сеть → Выбрать SIM-карту, которую необходимо настроить → Оператор → Авто → Выключить → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang;
    Xiaomi: Настройки → Беспроводные сети → SIM-карты и мобильные сети → Настройки SIM-карт → Мобильные сети → Ro‘yxatdan boshqa tarmoqni tanlang.

  • Roumingda muammoga duch kelsangiz, biz bilan qanday bog‘lanishingiz mumkin?

    Bir nechta yo‘li bor:

    Shaxsiy kabinet orqali Kompaniyaning abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat yo‘llang;
    • Ijtimoiy tarmoqlardagi Ucell sahifalarimizga yozing:                     
    Virtual qabulxonaga murojaat qiling;
    «My Ucell» Telegram-boti orqali savol bering;
    • Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga kecha-yu kunduz ishlovchi raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qiling: +998 93 1800000, +998 93 1810000. Ucell Call-markaziga qo‘ng‘iroqlar haqi «O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng ‘iroq» narxi bo‘yicha hisoblanadi.

    *Yuqorida ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatish kanallari orqali murojaat qilganingizda, siz pasport ma’lumotlaringizni taqdim etgan holda identifikatsiyadan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

  • O‘zbekistonning chegara hududlarida istiqomat qiluvchilarga

    Agarda siz Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston chegaralariga yaqin hududlarda istiqomat qilsangiz, smartfoningiz avtomatik tarzda ushbu mamlakatlarning operatorlari tarmoqlariga ulanib qolishi mumkin.

    Telefoningiz xorijiy mobil operator tarmog‘iga avtomatik tarzda ulanishi va natijada qo‘ng‘iroqlar rouming tariflariga ko‘ra narxlanishi ehtimolini kamaytirish maqsadida, «Sozlamalar» bo‘limida Ucell tarmog‘ini tanlab qo‘yib, smartfoningiz displeyida aks etayotgan operator nomiga hamisha ahamiyat berishingizni so‘raymiz.

    Chegara hududlarida rouming uchun ortiqcha xarajatlarning oldini olish uchun, siz *155*3# USSD-so‘rovi orqali rouming xizmatini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Rouming xizmatini qayta yoqish uchun *155*1# USSD-so‘rovini yuborig.

Ucell bilan birgalikda sayohat qiling!
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.