Korporatsiyalarga
Xizmatlar
Xizmatlar arhivi
«Special» tariflar tizimida pulli raqamlarni ulatishda aksiya

«Special» tariflar tizimida pulli raqamlarni ulatishda aksiya

31.10.2019-y. dan «Special» tariflar tizimida pulli raqamlarni ulatishda aksiya” xizmati doirasidagi Special Mix BN, Special Super BN, Special X BN tarif rejalari abonentlari faqat Special 35, Special 55, Special 80, Special 125, Active 45, Active 70 va Active 100 tarif rejalariga *277# USSD-so‘rovi orqali o‘tishlari mumkin.

Special Mix BN tarif rejasidan Special 35 tarif rejasiga o‘tish narxi – 2105 so‘m (Special 55, Special 80, Special 125, Active 45, Active 70 va Active 100 tarif rejalariga o‘tish bepul)

Special Super BN tarif rejasidan Special 35, Special 55 va Active 45 tarif rejasiga o‘tish narxi – 2105 so‘m. (Special 80, Special 125, Active 70 va Active 100 tariflariga o‘tish bepul)

Special X BN tarif rejasidan Special 35, Special 55, Special 80, Active 45, Active 70 va Active 100 tarifiga o‘tish narxi – 2105 so‘m (Special 125 tarif rejasiga o‘tish bepul)


11.10.2019-y. dan “«Special» tariflar tizimida pulli raqamlarni ulatishda aksiya” xizmati doirasidagi Special Mix BN, Special Super BN, Special X BN tarif rejalari yangi ulanishlar uchun mavjud emas.

Abonentlar aksiya doirasida “Special” tarif rejalari tizimining maxsus tariflariga ulanib va quyidagi jadvalga muvofiq foydalanishida, Kompaniyaning pulli raqamlarini bepul asosda ulatish va foydalanish imkoniyatini taqdim etdi:

Tarif
Toifa
Tarif bo‘yicha majburiy oylik to‘lovlarning yechilishlari soni
Special MIX BN
Silver
3 marta (3 oy)
Special Super BN
Gold
6 marta (6 oy)
Special X BN
Platinum
6 marta (6 oy)
Special X BN
VIP
15 marta (15 oy)

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* To‘ldirishi kerak

Tarif rejalarining shartlari
Tarif rejasi  Special Mix BN Special
Super BN
Special X BN
 
Oylik abonent to‘lovi
45,000 so‘m 65,000 so‘m 110,000 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti 3,000 daqiqa 6,000 daqiqa Cheksiz*
Oylik internet-trafik limiti 6 GB 10 GB 24 GB
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 1000 1000 1000
Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash (so‘m)
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar 0 0 0
Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi 100 100 100
O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi 125 125 125
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi 84,20 84,20 84,20
Chiquvchi xalqaro SMS narxi 505,20 505,20 505,20
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMS narxi 210,50 210,50 210,50
Chiquvchi xalqaro MMS narxi 1263 1263 1263
1 MB internet narxi 630 630 630

*Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
Cheksiz qo‘ng‘iroqlar faqatgina 1 ta abonentga taqdim etilib, “konferens-aloqa” xizmati doirasidagi guruh qo‘ng‘iroqlari uchun amal qilmaydi.
Aksiya shartlari

- Oylik abonent to‘lovi 30 kun mobaynida 1 marta, abonent hisobida mavjud mablag‘ miqdoridan qat’i nazar, abonent raqami faol holatda bo‘lganida yechiladi. Agar shundan keyin abonent hisobida qarzdorlik yuzaga kelsa, bunda abonent raqami bloklangan holatga o‘tkaziladi.
- Yangi ulanishda oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi va tarif bo‘yicha limitlar to‘liq hajmda 30 kunga taqdim etiladi.
- Ulanish kunidan boshlab har 30 kunda tizim avtomatik tarzda oylik abonent to‘lovini yechishga urinishni amalga oshiradi.
- Agarda abonent ulanganidan boshlab 24 soat mobaynida oylik abonent to‘lovining to‘liq qiymatini to‘lamagan bo‘lsa, tizim abonent raqamini bekor qiladi va qarzdorlik miqdorining qoldig‘i nolga tenglashtiriladi.
- To‘langan oylik abonent to‘lovini qaytarib bo‘lmaydi. Bunda bekor qilingan raqam o‘rnatilgan tartibda Kompaniya omboriga qaytadi. Qayta ulanishda (agar bu raqam ulanish uchun mavjud bo‘lsa) to‘lov shartlari qaytadan amal qiladi.
- Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilganidan so‘ng, abonentga tarif bo‘yicha limitlar belgilanadi va ular 30 kun mobaynida amalda bo‘ladi.
- Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *102#.
- Aksiya doirasida tarif rejasining almashtirilishi tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovlari to‘lanishining majburiy soniga ta’sir etmaydi.
- Abonent bloklangan holatda qolishi mumkin bo‘lgan umumiy muddat – 30 kun. Bunda abonent qarzini 30-kun soat 24:00 gacha to‘lashi mumkin. Agarda bloklangan kunidan boshlab 30 kun mobaynida abonent raqami faol holatga o‘tkazilmasa, u holda abonent bilan tuzilgan "COSCOM" MChJ tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi shartnoma bir tomonlama asosda bekor qilinadi.
- Abonent bloklangan kunidan boshlab 10 kun mobaynida kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi mumkin.

- Aksiya doirasidagi tariflarda raqamni aksiya doirasida qayta rasmiylashtirish imkoni yo‘q.
- Aksiya doirasida pulli raqamlarni ulatgan yuqoridagi tariflar abonentlari Shaxsiy kabinet, *877#/*145#/*717# USSD-so‘rovlari, shuningdek 8123 IVR-xizmati orqali tarif rejalarini almashtira olmaydilar.
- Abonent muvaffaqiyatli yechilgan oylik abonent to‘lovlari sonini *277# raqamiga USSD-so‘rov yuborish yo‘li bilan ko‘rishi va tekshirishi mumkin.
- Aksiya doirasida Special MIX_BN, Special Super_BN va Special X_BN tarif rejalaridagi pulli raqamlarning ulanishi faqatgina abonent tomonidan o‘zining yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi amaldagi guvohnomasi,  Prepaid tizimidagi yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga tarif rejalarini ulash uchun bo‘lgan Sertifikat taqdim etilganda (Sertifikatni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin), yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning tijorat bo’yicha hamkorlariga tarif rejalarini ulash uchun bo‘lgan Sertifikat (Sertifikatni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin) taqdim etilgandagina Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish Ofislarida va Kompaniya rasmiy dilerlarida ulanish mumkin.
- Yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashi bilan, mazkur tarif abonenti 7 kun ichida yangi muddatli Yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani taqdim etishi lozim. Aks holda Kompaniya uyali aloqa xizmatlarini taqdim etishni to‘xtatishi yoki uning tarifini haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi tariflaridan biriga almashtirish huquqiga ega.

- Daqiqalar/SMSlar/MBlar tarif bo‘yicha so‘nggi belgilanish paytidan 30 kun o‘tishi bilan bekor qilinadi.
- Abonent tarif bo‘yicha limitlar qoldig‘ini *102# raqamiga USSD-so‘rov yuborish orqali tekshirishi mumkin.
- Limitlardan faqat Faol holatdagina foydalanish mumkin.
- Shuni e'tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlari belgilanganligini *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet MBlari limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.