Korporatsiyalarga
Xizmatlar
Xizmatlar arhivi
UCELLNING "KELAJAK BU YERDA" KONFERENSIYASI

UCELLNING "KELAJAK BU YERDA" KONFERENSIYASI

Konferensiyaga ro'yhatdan o'tish to'xtatildi. 


Spikerlar prezentatsiyasi


M2M-konferentsiyasi: qanday bo’lib o’tdi

 M2M-konferentsiyasi: nurli shou

 M2M-konferentsiyasidan reportaj. 1 qism

M2M-konferentsiyasidan reportaj. 2 qism

* Yuklab olingan trafik uchun provayderlar tariflariga muvofiq narxlanadi


Biznesingiz uchun innovatsion М2М-yechimlar amalda

2015-yilning 5-noyabrida Ucell mobil operatori "Kelajak bu yerda" maxsus konferensiyasini o‘tkazadi, unda jahon miqyosidagi M2M (Machine-to-Machine) sohasi mutaxassislari quyidagi mavzular bo‘yicha so‘z yuritadilar:

- M2M o‘zaro aloqalarining global tendensiyalari va istiqbollari;
- biznesda M2M-yechimlarni qo‘llashning amaliy tajribasi;
- energetika sohasidagi intellektual yechimlar.

M2M olami bilan Sizni quyidagi mutaxassislarimiz tanishtiradilar:

  • Ilgi Evajan (Ilgi Evecan), TeliaSonera Yevroosiyo IT-texnologiyalar va mobil marketing sohasida biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi

IT, mobil marketing, hamkorlik dasturlarini boshqarish, korporativ segment uchun, jumladan M2M va geolokatsiya xizmatlari uchun mobil servislar va texnologiyalar sohasi mutaxassisi. Uning Turkcelldagi omadli "SmartCity" loyihasi tufayli Turkiyadagi B2B kompaniyalari uchun mobil kuzatuv bo‘yicha eng ommabop ilovalardan biri ishlab chiqilgan.

  • Enis Yazirliog‘lu (Enis Yazirlioğlu), Turkcellning M2M-biznesni rivojlantirish bo‘limi menejeri

Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohalarida 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Sanoatda, energetikada, chakana savdoda, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlashda M2M texnologiyalari, transportni kuzatuv, "aqlli" shahar kabi M2M-vertikallar bo‘yicha mutaxassis. Garvard Business Review saytida kelajak texnologiyalariga bag‘ishlangan blog muallifi.

  • Tamer Tatliji (Tamer Tatlici), aSAY Energy asoschisi va direktori

IT va intellektual energotizimlar sohalari bo‘yicha mutaxassis. Tamer Tatliji rahbarligi ostidagi aSAY Energy kompaniyasi Turkcell uchun ishlab chiqilgan qo‘shimcha innovatsion xizmatlari bois Global Telecom Business Awards butunjahon tanlovida mukofotlangan. Kompaniya elektr energiyasini tejash maqsadida PWC (Power Line Communication – elektr uzatish tizimlari orqali aloqa) hamda GSM (global raqamli uyali aloqa standarti) texnologiyalari bo‘yicha elektr uzatish tarmoqlaridan foydalangan holda Turkiyadagi ilk bor "aqlli" ko‘chalarni yoritish va axborot to‘plash tizimini ishlab chiqdi hamda joriy etdi. Universitetda IT va intellektual energotizimlar bo‘yicha ma’ruzachi.

Ushbu konferensiya kimlar uchun?

  • IT sohasidagi tadbirkorlar
  • IT mutaxassislari va energetiklar
  • Innovatsion biznes egalari
  • Yirik sanoat korxonalari vakillari

Onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘ting va biz arizangizga javoban Sizga konferensiyaga taklifnoma jo‘natamiz. Sizni 2015-yilning 5-noyabri soat 14:00 da quyidagi manzilda joylashgan "Wyndham" mehmonxonasida kutamiz: Amir Temur ko‘chasi, C-4, Т 7/8, Toshkent, O‘zbekiston.

Batafsil ma’lumot: (99893) 181- 6000, 182-9000.

М2М nima?

Kun sayin tobora ko‘proq qurilmalar tarmoqqa ulanib, inson ishtirokisiz bir-birlari bilan o‘zaro aloqaga kirishmoqda. Bularning barchasi biznes va jamiyat uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Ilg‘or kompaniyalar biznes jarayonlarini optimallashtirish, mablag‘larni tejash, taqdim etiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashning yangicha yo‘li sifatida M2M-yechimlardan foydalanishmoqda. Bu haqda bugun o‘ylab ko‘rmaganlar ertaga yutqazib qolishlari ehtimoli yuqori.

Konferensiya dasturi:

13:00     Ro‘yxatdan o‘tish va kofe-breyk

14:30     Kirish so‘zi
Tonu Gryunberg, Ucell Bosh direktori

14:40     Kelajakka Ucell bilan birga. Keyingi 5 yil uchun 5 prognoz (Going Forward with Ucell, 5 Predictions for the Next 5 Years).
Rustam Hamdamov, Ucell Yangicha texnologiyalar va innovatsiyalar guruhi rahbari

15:10     Narsalar interneti. Jamiyatni, sanoat va turmush tarzini o‘zgartirib (The Internet of Things – Transforming Society, Industries and The Way We       Live).
Ilgi Evajan, TeliaSonera Yevroosiyo IT-texnologiyalar va mobil marketing sohasida biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi

15:40     Kofe-breyk

16:00     М2М-inqilob: potensialni jahon miqyosida amalga oshirish va biznesning shakliy o‘zgarishi (M2M Revolution, Realizing Its Potential Globally and       Transforming the Business).
Enis Yazirliog‘lu, Turkcellning M2M-biznesni rivojlantirish bo‘limi menejeri

16:45     Intellektual energotizimlar uchun yechimlar va o‘zgaruvchan raqobat muhiti (Smart Energy Solutions & Changing Competitive Environment).
Tamer Tatliji (Tamer Tatlici), aSAY Energy asoschisi va direktori

17:30     Savol-javoblar

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.