Korporatsiyalarga
Korporativ tariflar
Yangi – «Tarmoqda biznes» tariflar tizimi

Yangi – «Tarmoqda biznes» tariflar tizimi

07.04.2023-y.dan jismoniy shaxslar uchun tarif rejasini o‘zgartirish *929# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi.

Tarmoqda biznes 25


Oylik abonent to‘lovi (so‘m)
50 000

Oylik internet-trafik (GB)
25

Tarmoqda biznes 50


Oylik abonent to‘lovi (so‘m)
75 000

Oylik internet-trafik (GB)
50

Tarmoqda biznes 100


Oylik abonent to‘lovi (so‘m)
100 000

Oylik internet-trafik (GB)
100

Tarmoqda biznes 150


Oylik abonent to‘lovi (so‘m)
120 000

Oylik internet-trafik (GB)
150

Tarmoqda biznes 200


Oylik abonent to‘lovi (so‘m)
135 000

Oylik internet-trafik (GB)
200

Tarmoqda biznes 300


Oylik abonent to‘lovi (so‘m)
200 000

Oylik internet-trafik (GB)
300

 

Tarmoqda biznes 500


Oylik abonent to‘lovi (so‘m)
300 000

Oylik internet-trafik (GB)
500

  • “Tarmoqda biznes” tariflar tizimi shartlari

    • Barcha tariflardan «Tarmoqda biznes» tizimi tarif rejalariga o‘tish – 0 so‘m.
    • Mazkur tariflar tizimida «Ovozli aloqa» va SMS xizmatlari amal qilmaydi.
    • «Tarmoqda biznes» tariflar tizimiga oy davomida ulangan taqdirda, abonent to‘lovi shu oyda qolgan kunlar uchun olinadi va limitlar ham qolgan kunlar soniga mos holda taqdim etiladi. Mazkur shart yangi ulanishlarga, tarif rejasini almashtirishga, shuningdek, moliyaviy blokirovkadan chiqishga ham amal qiladi.
    • «Tarmoqda biznes» tariflar tizimida abonent to‘lovi har taqvimiy oyning 1-sanasida yechib olinadi.
    • Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan internet-trafik taqvimiy oyning oxirigacha amal qiladi va yangi davrda ulardan foydalanib bo‘lmaydi.
    • Mijoz raqami Faol holatda bo‘lsa, ammo hisobidagi pul mablag‘lari oylik abonent to‘lovidan kam bo‘lsa, u holda tarif rejasidagi abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi.
    • Mijoz abonent raqami Bloklangan / manfiy hisobli holatda bo‘lsa, abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif bo‘yicha yangi limitlar belgilanmaydi. Raqam Faol holatga o‘tishi bilan darhol tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi yechiladi. Abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi taqvimiy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos holda amalga oshiriladi.
    • «Raqamni saqlab qolish» va «Vaqtinchalik bloklash» xizmatlarini faollashtirilganida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi. Xizmat o‘chirilganidan so‘ng abonent to‘lovi faqat joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun yechib olinadi va limitlar ham joriy oyning oxirigacha qolgan kunlarga mos miqdorda belgilanadi.
    • Boshqa tarif rejalaridan «Tarmoqda biznes» tariflar tizimiga o‘tishda, limitlar bekor qilinmaydi va «Tarmoqda biznes» tizimi shartlariga muvofiq amal qiladi.
    • Jismoniy shaxslar uchun «Tarmoqda biznes» tariflar tizimi ichida tarif rejasini almashtirish va boshqa tarif rejalaridan o‘tish *929# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi.
    • Yuridik shaxslar uchun tarif rejasini almashtirish Kompaniyaga yozma murojaat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    • Mazkur tariflar tizimida «Restart» xizmati (*222#) amal qiladi.
    • «Corporate VIP», «Individual» va «Bussiness Man» toifalaridagi shartnomali abonentlar *222# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtira oladilar.
    • «Restart» xizmatiga ulanish paytida abonent hisobida joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos holdagi abonent to‘loviga teng mablag‘ bo‘lishi kerak.
    • «Restart» xizmatini samarali faollashtirilganda, tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi faqat joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun yechib olinadi va qoldiq kunlar soniga mos miqdordagi limitlar belgilanadi.
    • «Restart» xizmatidan sutkada bir marta foydalanish mumkin.
    • «Tarmoqda biznes» tizimi tarif rejalariga ulanish va almashtirish kunida «Restart» xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi.
    • Ushbu tariflar tizimida dastlabki holatda «Smart Internet» xizmati ulangan.
    • Tarif rejasida va qo‘shimcha internet-to‘plamlar bo‘yicha oylik internet-trafik limiti sarflab tugatilganida, internetga kirish to‘xtatiladi.
    • Ajratilgan limitdan tashqari internetdan foydalanishda davom etish uchun «Smart Internet» xizmatini o‘chirish lozim. Buni jismoniy shaxslar *252# USSD-so‘rovi orqali, yuridik shaxslar esa Kompaniyaga yozma murojaat qilish yo‘li bilan amalga oshirishadi.
    • «Tarmoqda biznes» tariflar tizimida barcha reklama kontent xizmatlari bloklanadi, ya’ni dastlabki holatda «Ko‘ngilochar xizmatlarni taqiqlash» xizmati ulangan.
     

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.