Korporatsiyalarga
Korporativ tariflar
Yangi - «Biznes Uchun» tariflar to‘plami

Yangi - «Biznes Uchun» tariflar to‘plami

Biznes Uchun 20


  3 GB
  1 000 daqiqa O‘zbekiston bo‘ylab
  500 SMS O‘zbekiston bo‘ylab
Korporativ guruh ichida qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Korporativ guruh ichida SMSlar 0 so‘m
  1 MB Limitdan tashqari 10 so‘m

*100# Hisobni tekshirish
*102# Daqiqalar va SMSlarni tekshirish
*103# Internet-trafikni tekshirish
 
Abonent to‘lovi: 20 000 so‘m

Biznes Uchun 30


  5 GB
  3 000 daqiqa O‘zbekiston bo‘ylab
  1 500 SMS O‘zbekiston bo‘ylab
Korporativ guruh ichida qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Korporativ guruh ichida SMSlar 0 so‘m
  1 MB Limitdan tashqari 10 so‘m

*100# Hisobni tekshirish
*102# Daqiqalar va SMSlarni tekshirish
*103# Internet-trafikni tekshirish
 
Abonent to‘lovi: 30 000 so‘m

Biznes Uchun 40


  10 GB
  4 000 daqiqa O‘zbekiston bo‘ylab
  2 000 SMS O‘zbekiston bo‘ylab
Korporativ guruh ichida qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Korporativ guruh ichida SMSlar 0 so‘m
  1 MB Limitdan tashqari 10 so‘m

*100# Hisobni tekshirish
*102# Daqiqalar va SMSlarni tekshirish
*103# Internet-trafikni tekshirish
 
Abonent to‘lovi: 40 000 so‘m

Biznes Uchun 60


  20 GB
  Unlim O‘zbekiston bo‘ylab
  2 500 SMS O‘zbekiston bo‘ylab
Korporativ guruh ichida qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Korporativ guruh ichida SMSlar 0 so‘m
  1 MB Limitdan tashqari 10 so‘m

*100# Hisobni tekshirish
*102# Daqiqalar va SMSlarni tekshirish
*103# Internet-trafikni tekshirish
 
Abonent to‘lovi: 60 000 so‘m

Biznes Uchun 75


  25 GB
  Unlim O‘zbekiston bo‘ylab
  3 000 SMS O‘zbekiston bo‘ylab
Korporativ guruh ichida qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Korporativ guruh ichida SMSlar 0 so‘m
  1 MB Limitdan tashqari 10 so‘m

*100# Hisobni tekshirish
*102# Daqiqalar va SMSlarni tekshirish
*103# Internet-trafikni tekshirish
 
Abonent to‘lovi: 75 000 so‘m

Biznes Uchun 150


  120 GB+
  Unlim O‘zbekiston bo‘ylab
  5 000 SMS O‘zbekiston bo‘ylab
Korporativ guruh ichida qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Korporativ guruh ichida SMSlar 0 so‘m
  1 MB Limitdan tashqari 10 so‘m

*100# Hisobni tekshirish
*102# Daqiqalar va SMSlarni tekshirish
*103# Internet-trafikni tekshirish
 
Abonent to‘lovi: 150 000 so‘m
  • «Biznes uchun» tariflar tizimi shartlari

    • «Biznes uchun» tariflar tizimiga yangidan ulanish va boshqa tariflardan o‘tish mumkin.
    • Mazkur tariflar tizimiga ulanish uchun Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yozma ariza bilan murojaat etish kerak. Tarif rejasini almashtirish uchun Siz ariza shaklini to‘ldirib, Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz yoki corporate@ucell.uz pochtasi orqali yuborishingiz lozim.
    • O‘z tarifini «Biznes uchun» tizimidagi tariflardan istalgan biriga almashtirish narxi – 0 UZS.
    • «Gigaman», «Smart Business», «Profit», «Special 100», «Special 300», «Unlimited», «Easy» va «Fact Plus» tarif rejalarining «Corporate VIP», «Individual» va «Bussiness Man» toifalaridagi shartnomali abonentlari *929# USSD-buyrug‘ini terib, «Biznes uchun» korporativ tariflar tizimiga o‘tishlari mumkin.
    • «Biznes uchun» tizimi tarif rejalariga o‘tishda, oldin «Smart Business» tariflar tizimi doirasida ulangan internet-to‘plamlar hamda «Gigaman» tariflar tizimi doirasida berilgan daqiqalar va SMS to‘plamlari bekor qilinadi.
    • «Biznes uchun» tizimidagi tarifga oy davomida ulangan taqdirda, abonent to‘lovi shu oyda qolgan kunlar uchun olinadi va limitlar ham qoldiq kunlar soniga mos holda taqdim etiladi. Mazkur shart yangi ulanishlarga, tarif rejasini almashtirishga, shuningdek, moliyaviy blokirovkadan chiqishga amal qiladi «Biznes uchun 150» tarif rejasidan tashqari.
    • «Biznes uchun» tizimi ichida tarif almashtirishda limitlar qoldig‘i saqlanadi, faqat «Biznes uchun 150» tarifi bundan mustasno – undan mazkur tizim ichidagi boshqa tariflarga o‘tishda faqat tarif bo‘yicha internet-trafik bekor qilinadi. Ushbu tariflar tizimi ichida tarif almashtirishda birinchi navbatda yangi tarif bo‘yicha limitlar sarflanadi.
    • «Biznes uchun» tizimidagi tarif rejalarida abonent to‘lovi har taqvimiy oyning 1-sanasida yechib olinadi.
    • Tarif doirasida taqdim etilgan qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar va internet taqvimiy oyning oxirigacha amal qiladi va yangi davrda ulardan foydalanib bo‘lmaydi;
    • Mijoz raqami Faol holatda bo‘lsa, ammo hisobidagi pul mablag‘lari oylik abonent to‘lovidan kam bo‘lsa, u holda tarif rejasidagi abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi.
    • Mijoz raqami nofaol / manfiy hisobli holatda bo‘lsa, abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif bo‘yicha limitlar belgilanmaydi. Raqam Faol holatga o‘tishi bilan darhol tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi yechiladi. Abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi taqvimiy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos holda amalga oshiriladi.
    • «Biznes uchun 150» tarif rejasida: moliyaviy blokirovkadan chiqishda, raqam Faol holatga o‘tganida, abonent to‘lovining yechilishi hamda tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar va SMSlar limitlarining belgilanishi taqvimiy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos holda amalga oshiriladi; tarif rejasi shartlari bo‘yicha internet-limitlar esa, oyning oxirigacha qolgan kunlar sonidan qat’i nazar to‘liq hajmda belgilanadi.
    • «Biznes uchun 150» tarif rejasi shartlariga ko‘ra taqdim etilgan internet-trafik to‘liq sarflanib bo‘lgan holatda, internet narxlanmaydi va internet tezligi 128 kbit/soniyagacha pasayadi.
    • «Biznes uchun 150» tarif rejasida  internet-trafik to‘liq sarflanib bo‘lganidan so‘ng tezlikni oshirish uchun, mijoz *605# USSD-so‘rovini terib «Turbo Button» xizmatini faollashtirishi mumkin, shunda u «Biznes uchun» tariflar tizimi shartlariga ko‘ra limitdan tashqari narx bo‘yicha internetdan maksimal tezlikda foydalanishi mumkin.
    • *605# USSD-so‘rovi «Corporate VIP», «Individual» va «Bussiness Man» toifalaridagi shartnomali abonentlar uchun amal qiladi.
    • Taqdim etilgan internet-trafik limiti sarflanib bo‘lganidan so‘ng, abonent «Turbo Button» xizmatini faollashtirganidan keyingina boshqa internet-to‘plamlarga ulanishi mumkin.
    • Agar Mijoz «Vaqtinchalik bloklash» xizmatini faollashtirsa (masalan, SIM-kartani yo‘qotib qo‘yganida), abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam bloklangan oyning o‘zida Faol holatga o‘tilsa, abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam keyingi oylarda blokdan chiqarilsa, abonent to‘lovi joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va limitlar shunga mos miqdorda belgilanadi.
    • «Raqamni saqlab qolish» xizmatini faollashtirilganida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi. «Raqamni saqlab qolish» xizmati o‘chirilganidan so‘ng abonent to‘lovi faqat joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun yechib olinadi va limitlar ham joriy oyning oxirigacha qolgan kunlarga mos miqdorda belgilanadi.
    • Tarif rejalari shartlari bo‘yicha limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqa/MB/SMSlar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    • Tarif rejalari bo‘yicha limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar, MBlar va SMSlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    • «Biznes uchun» tizimi tarif rejalari abonentlari uchun «Gigamaniya» internet-to‘plamlari hamda Oylik internet-to‘plamlar amal qiladi.

    «Biznes uchun 150» tarif rejasida to‘liq tezlikda 120 GB taqdim etiladi, to‘liq tezlikda taqdim etilgan limit tugagandan so‘ng, internet tezligi 128 kbit/soniyagacha pasayadi.

    Texnik cheklanma – 45000 daqiqa. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar faqatgina bir nafar abonentga taqdim etilib, «Konferens-aloqa» xizmati doirasidagi guruh qo‘ng‘iroqlari uchun amal qilmaydi.
     
  • Tarif rejasi shartlariga ko‘ra limitlardan tashqari yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash

    Qo‘ng‘iroq turi Efir vaqtining 1 daqiqasi narxi
    Korporativ guruh ichida (tashkilot ichida) chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 0
    Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 84,20 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 126,30 so‘m
    Xabar turi 1 xabar narxi
    Korporativ guruh ichida chiquvchi SMSlar 0
    Tarmoq ichida chiquvchi SMSlar 84,20 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlar 84,20 so‘m
    Chiquvchi xalqaro SMSlar 1 000 so‘m
    Internet 1 MB narxi
    1 MB internet narxi 10 so‘m

     
  • «Restart» xizmati shartlari

    • Mazkur tariflar tizimida «Restart» xizmati (*222#) amal qiladi.
    • «Corporate VIP», «Individual» va «Bussiness Man» toifalaridagi shartnomali abonentlar *222# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtira oladilar.
    • Xizmatga ulanish paytida abonent hisobida joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos holdagi abonent to‘loviga teng mablag‘ bo‘lishi kerak.
    • «Restart» xizmatini samarali faollashtirilganda, tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi faqat joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun yechib olinadi va qoldiq kunlar soniga mos miqdordagi limitlar belgilanadi.
    • «Restart» xizmatidan sutkada bir marta foydalanish mumkin.
    • «Biznes uchun» tizimi tarif rejalariga ulanish va almashtirish kunida «Restart» xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi.
    • Tarif bo‘yicha limitlar qoldig‘i bekor qilinadi.
     
  • Qo‘shimcha to‘plamlar

    9000 so‘mga O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar to‘plamlari 1000
    9000 so‘mga O‘zbekiston bo‘yicha SMS to‘plamlari 1000

    Korporativ mijozlar Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yozma ariza jo‘natib, "Biznes Uchun" tariflar tizimi doirasida qo‘shimcha daqiqalar va SMSlar to‘plamini ulatishlari mumkin.
    "Jismoniy shaxs" va "Korporativ VIP" toifalaridagi shartnomali abonentlar "Biznes Uchun" tariflar tizimi doirasidagi qo‘shimcha daqiqalar va SMSlar to‘plamini *545# USSD-buyrug‘ini terib ulatishlari mumkin.
     

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.