Korporatsiyalarga
Korporativ tariflar
«Vatanparvar» maxsus tariflar tizimi

«Vatanparavar» maxsus tariflar tizimi

"Vatanparvar" tarif liniyasi tibbiyot muassasalari xodimlari, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarini qo'llab-quvvatlash va ularga qulay sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ushbu tariflar tizimining afzalliklari:

  Qulay narxlarda turli hajmlarga ega uchta tarif rejasi

  Daqiqalar, SMSlar va MBlarning eng maqbul uyg‘unligi

  Jozibador narxda 20 GBgacha trafikka ega maxsus internet-to‘plamlar

«Vatanparvar 30»


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • 1 500 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha

  •  Internet:
  • 10 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • 100 SMS O‘zbekiston bo‘yicha

Oylik abonent to‘lovi: 30 000 so‘m

«Vatanparvar 50»


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • 2 100 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha

  •  Internet:
  • 15 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • 500 SMS O‘zbekiston bo‘yicha

Oylik abonent to‘lovi: 50 000 so‘m

«Vatanparvar 80»


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • 3 000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha

  •  Internet:
  • 20 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • 1 000 SMS O‘zbekiston bo‘yicha

Oylik abonent to‘lovi: 80 000 so‘m

Tarif bo‘yicha limitlarni tekshirish:

*100#

Internet-trafikni tekshirish:

*601#

Olish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha to‘plamlar:


  «Vatanparvar 30» «Vatanparvar 50» «Vatanparvar 80»
10 000 so‘mga internet-to‘plam
10 GB 15 GB 20 GB

Internet to'plamni ulash: *510#

Internet-to’plamni tekshirish: *103#
  • Limitdan tashqari narxlash
    Qo‘ng‘iroq turi Limitdan tashqari efir vaqtining 1 daqiqasi narxi 
    Korporativ guruh ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m 
    Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 84.20 so‘m 
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 126.30 so‘m 
    Xabar turi Limitdan tashqari 1 xabar narxi 
    Korporativ guruh ichida chiquvchi SMSlar 0 so‘m 
    Tarmoq ichida chiquvchi SMSlar 42.10 so‘m 
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlar 84.20 so‘m 
    Chiquvchi xalqaro SMSlar 421 so‘m 
    Korporativ guruh ichida chiquvchi MMSlar 0 so‘m 
    Tarmoq ichida chiquvchi MMSlar 84.2 so‘m 
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMSlar 210.5 so‘m
    Chiquvchi xalqaro MMSlar 1263 so‘m
    Internet Limitdan tashqari 1 MB narxi
    Ucell Internet 421 so‘m
  • Qo‘shimcha ma’lumot

    1. Tarif rejalariga faqat yangidan ulanish mumkin;
    2. «Vatanparvar» tarif rejasiga, shu kasbga mansubligini tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etgan holda, faqat Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin;
    3. "Korporatsiya" xizmati orqali ulanishda abonent abonent shartnomasini tuzish uchun kompaniya ofisiga kelishi lozim. Sog‘liqni saqlash tizimidagi davlat tashkilotlari yoki xususiy tashkilotalar, yoki O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlariga qarashli bo‘lgan bo‘linmalar — O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi yoki ularning tarkibiy hududiy idoraviy bo‘linmalari tomonidan to‘ldirilgan "Sertifikat", hamda shaxs mazkur kasblardan biriga mansubligini tasdiqlovchi hujjat va pasportning asl nusxasi taqdim etilishi lozim;
    4. Tarif bo‘yicha internet-trafik to‘liq sarflab bo‘linganida, internet narxlanmaydi va internet tezligi 64 kbit/soniyagacha (taqdim etilgan limit tugaganidan keyin bepul internet tezligi) pasayadi;
    5. Agar tezlikni oshirishni istasa, mijozda o‘z istagiga ko‘ra *605# USSD-so‘rovini terib, «Turbo Button» xizmatini faollashtirish hamda limitdan tashqari narxda internetdan foydalanish imkoni mavjud;
    6. Tarif bo‘yicha belgilangan internet-trafik limiti sarflab tugatilganidan keyin, abonent «Turbo Button» xizmatini faollashtirganidan so‘nggina boshqa internet-to‘plamlarni ulashi mumkin;
    7. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar, SMSlar va internet taqvimiy jadvalga binoan bekor qilinadi;
    8. Tarif rejasiga oy mobaynida ulangan holatda, to‘lov oyning oxirigacha qolgan kunlar soni uchun amalga oshiriladi va bonuslar shunga mos miqdorda belgilanadi;
    9. Tarif rejasida abonent to‘lovi har kalendar oyining 1-sanasida yechiladi;
    10. "Vatanparvar 30", "Vatanparvar 50", "Vatanparvar 80" tarif rejalari bo'yicha "Corporate VIP", "Businessman" turdagi shartnomaga ega bo'lgan abonentlar *510# USSD-so'rovini terish orqali "Vatanparvar" tarif rejasi tizimi ichida o'zgartirishni amalga oshirishlari mumkin.
    11. "Vatanparvar 30", "Vatanparvar 50", "Vatanparvar 80" tarif rejalarining "Corporate VIP", "Businessman" turidagi shartnomasiga ega bo'lgan abonentlar *510# USSD-so'rovini terish orqali 10 GB, 15 GB, 20 GB maxsus Internet-to'plamlarini ulashlari mumkin.
    12. Har bir «Vatanparvar GB»  internet-to‘plamini joriy oyda faqat bir marta faollashtirish mumkin;
    13. Limitdan tashqari narxlash tarif rejasiga muvofiq amalga oshiriladi;
    14. Mijozning raqami Faol holatda, ammo hisobidagi pul mablag‘lari tarif rejasining oylik abonent to‘lovidan kam bo‘lganida, tarif rejasining abonent to‘lovi to‘liq qiymatda yechib olinadi;
    15. Mijoz bloklangan holatda bo'lsa, abonent to'lovi yechilmaydi. Uning raqami Faol holatga o'zgarganida, abonent to'lovi to'liq qiymatda yechib olinadi va limitlar to'liq hajmda taqdim etiladi. Holatni tekshirish toki samarali yechib olingunicha 15 kun mobaynida amalga oshiriladi;
    16. Tarif rejasi shartlariga binoan limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar/MBlar/SMSlar CONTENT-servislarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi;
    17. Tariflar shartlariga binoan limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar/MBlar/SMSlar roumingda bo‘lgan abonentlar uchun amal qilmaydi;
    18. Har bir kalendar oyining 1-kuni soat 00:00 dan to 07:00 gacha O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar, internet-trafik va O‘zbekiston bo‘yicha SMSlar narxi – 0 so‘m. Tarif shartlariga ko‘ra xizmatlar to‘plamlaridan biri soat 00:00 dan to 07:00 gacha bo‘lgan muddatda belgilangan holatda, trafikning narxlanishi va sarflanishi tarif rejasida o‘rnatilgan tartiblarga binoan amalga oshiriladi;
    19. «Vatanparvar GB» tarif rejalari tizimida «Gigamaniya» internet-to‘plamlari, «Smart Internet» hamda «Internet Block» xizmatlari amal qilmaydi;
    20. Tarif rejasini ushbu tariflar tizimi ichida almashtirish imkoniyati mavjud.
    21. Kompaniyaning xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarning majburiyatlari:

    - «COSCOM» MChJga zarar keltiruvchi harakatlarni amalga oshirmaslik;
    - Kompaniya aloqasidan foydalanish huquqini boshqa shakllarda suiiste’mol qilmaslik;
    - Kompaniyaning xizmatlaridan ularning asosiy vazifalari doirasida foydalanish.

    Agarda aloqa xizmatlaridan oqilona foydalanish masalasida shubhalar yoki bahsli vaziyatlar yuzaga kelsa, «COSCOM» MChJ Shartnomani bir tomonlama bekor qilish yoki Mijozning tarif rejasini o‘zgartirish huquqiga ega.

    Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.