Korporatsiyalarga
Majmuaviy yechimlar
«Manfaatli birlashuv» to‘plami
Ma’lumot uzatish kanallari

Ma’lumot uzatish kanallari/VPN

Korxonangiz uchun yopiq virtual tarmoq. Kompaniyaning geografik jihatdan bir-biridan uzoqda bo‘lgan filiallarini o‘zaro bog‘lang

«Nuqta–nuqta» uslubi asosida ulanishning tashkil etilishi tashkilotning ikki yoki undan ortiq ofislari va filiallarini bitta yaxlit yopiq tarmoqqa ishonchli va xavfsiz tarzda birlashtirish imkonini beradi. Bunday texnologiya axborotlarning tashqariga sizib chiqishi ehtimoliy xavfini bartaraf etib, ma’lumot uzatishning maxfiyligini kafolatlaydi.
Servis Toshkent shahri bo‘ylab o‘z aloqa infratuzilmangizni yaratishga yordam beradi va buyurtmachi ofislarining birgalikda biznes yuritishini yengillashtiradi.


Narxlash
Ma’lumot uzatish kanallari 1 Mbit 2 Mbit 5 Mbit 10 Mbit 20 Mbit
Uzatish tezligi, Mbit/s 1 2 5 10 20
Xizmatning 50% chegirmali narxi, oyiga 20 000 so‘m 35 000 so‘m 75 000 so‘m 125 000 so‘m 200 000 so‘m
Xizmatning to‘liq narxi, oyiga 40 000 so‘m 70 000 so‘m 150 000 so‘m 250 000 so‘m 400 000 so‘m
Qo‘shimcha ma’lumot

• Virtual xususiy tarmoq geografik jihatdan alohida-alohida joylashgan ofis va filiallardan iborat korxonada boshqaruv tizimini yaratish imkonini beradi.
• Ommaviy tarmoqlardan mantiqan ajratilgan bo‘ladi.
• Korporsiya ichida IP-telefoniya va vedeokonferens-aloqa tashkil etish imkoni mavjud.
• Oylik abonent to‘lovi har oyda, taqvimiy oyning birinchi sanasida yechiladi.
• 50% chegirma «Manfaatli birlashuv» to‘plami shartlariga muvofiq taqdim etiladi.
• Xizmatlar 100% oldindan to‘lov sharti bilan taqdim etiladi, abonentning shaxsiy hisobida mablag‘ tugaganida, ma’lumot uzatish kanallari (VPN) xizmati toki hisob to‘ldirilgunicha bloklanadi.
• Xizmat Toshkent sh. uchun amal qiladi.
• Barcha narxlar QQS bilan keltirilgan.

Agar Sizda savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, Siz ularga javoblarni Kompaniya saytining FAQ bo‘limida ko‘rishingiz mumkin. Agar o‘zingizni qiziqtirayotgan savolni ro‘yxatdan topmagan bo‘lsangiz, bizga 8111 (faqat Ucell mijozlari uchun), (+998 93) 382-09-09, 184-09-00 telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qiling yoki corporate@ucell.uz maniziliga yozing. Bizning faks: (+998 71) 252-10-00.

Simli aloqa xizmatlari «Nano Telecom» MChJ tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan 2017-yil 2-iyunda berilgan AA №0006192 raqamli litsenziya asosida taqdim etiladi. Simli aloqa xizmatlari haqidagi batafsil ma’lumot hamkorning nano.uz saytida

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.