Kompaniya yangiliklari
Ucell Plazada donor kuni bo’lib o’tdi
05IYL2019

Ucell Plazada donor kuni bo’lib o’tdi



Bugun “COSCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyat ofisida (“UCELL” savdo belgisi) Respublika qon quyish markazi sayyor guruhining yordami bilan Kompaniya xodimlarining ixtiyoriy va beg’araz donorlik qon topshirish jarayoni tashkillashtirildi.
Ucell xodimlari an’anaga sodiq qolgan holda inson hayotini saqlab qolish uchun zarur bo’lgan donorlik qonini topshirishda qatnashdilar.

Yevgeniy Stoyakin, ma’lumotlar paket kommutatsiyasi bo’yicha muhandis:
– Men ushbu dasturda uchinchi marotaba ishtirok etib kelmoqdaman. Mening fikrimcha bunday jarayonlar juda muhim, chunki qon topshirish bilan biz qiyin sharoitga tushib qolgan kattayu-kichikka yordam beramiz. Ayniqsa noyob qon guruhiga ega bo’lganlar uchun. Biz, donorlar, soni ko’proq bo’lsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Yordam ko’rsatish bu juda yaxshi narsa. Bizda odamlar donor kunida katta tayyorgarlik bilan ishtirok etishadi. Ko’ngillilar soni har doimgidek ko’p.  


Kompaniya xizmatlarini e’tirof etgan holda yaqinda Respublika qon quyish markazi tomonidan “COSCOM” ma’suliyati cheklangan jamiyatga minnatdorchilik guvohnomasi taqdim etildi. Shunday qilib Kompaniya xodimlarining yurtdoshlarimiz sog’lig’ini saqlashda, aholi orasida donorlik masalasini targ’ib etishda va respublikada beg’araz qon topshirish jarayonini rivojlantirish ishiga samarali qo’shayotgan hissasi qayd etildi.
 
 Zulfiya Ismoilova Respublika qon quyish markazining sayyor guruh rahbari:
– Biz bunday tadbirlarni Kompaniya bilan har yili o’tkazamiz. Maqsadimiz muhtojlarni donorlik qon bilan ta’minlash: baxtsiz hodisa sabab, avtohalokat tufayli jabr ko’rganlarga, leykoz, gemofiliya tashhisi qo’yilgan bemorlarga. Respublika markazimiz butun mamlakatni ta’minlaydi. Donorlik qoni yetarli emas. Ucell xodimlarining ishtiroki juda kata yordam. Shuni ta’kidlash joizki, yildan yilga donorlik tushunchasi muhimligi va Ucell ko’ngillilar soni  ortib bormoqda.


Ucell kompaniyasi jamoatchilik donorlar harakatini qo’llab-quvvatlaydi, chunki biz har safar donor o’z qonini topshirganida insoniyat sog’lig’ini saqlab qolish, ya’ni biror kimsani hayotini saqlab qolish kabi ishlarda ishtirok etayotganini tushunamiz.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.