Kompaniya yangiliklari
Kompaniya haqida

1996 – 2006. Tashkil topishi

1996-yil, aprel.
“COSCOM” MChJ XK “MCT Telecom Corp.” va mahalliy hamkor o‘rtasidagi qo‘shma korxona sifatida tashkil etildi. Korxonaning asosiy faoliyat yo‘nalishi – GSM 900/1800 standartida zamonaviy uyali aloqa tizimini rivojlantirish.
Birinchi tarmoq Samarqand shahrida ishga tushirilgan bo‘lib, keyinroq u butun mamlakatni qamrab oldi.

1997 – 2004-yillar.
“COSCOM” Xalqaro GSM Uyushmasiga va Rossiya GSM tarmoq operatorlari Uyushmasiga a’zo bo‘ldi.
Birinchilar qatoridan bo‘lib, O‘zbekistonda o‘z foydalanuvchilariga xalqaro avtomatik rouming xizmatini taklif qildi.
“Thuraya” yo‘ldosh operatori bilan shartnoma tuzildi, bu bilan Kompaniya abonentlariga tarmoq qamroviga ega bo‘lgan dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarda rouming tizimidan foydalanish imkoniyatini berdi.

2007 – 2008. “Telia Company”

2007-yil, iyul.
Telekommunikatsiya bozorida Yevropaning yetakchi ishtirokchilaridan biri bo‘lgan “Telia Company” Shvetsiya va Finlyandiya kompaniyasi “COSCOM” MChJ XKning asosiy aksioneriga aylandi.

2008-yil.
“COSCOM” MChJ XK radiokommutatsiya qurilmalarini to‘liq zamonaviylashtirish, 3G tizimini ishga tushirish hamda abonentlarga yangi va zamonaviy xizmatlarni taklif qilish bo‘yicha rejalarni amalga oshirishni boshladi.
Asosiy e’tibor Kompaniya abonentlari uchun yangi takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekistonning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi insonlar Kompaniya xizmatlaridan foydalanishi uchun tarmoq qamrovini kengaytirish ishlariga qaratildi.  

2008 – 2018. Ucell savdo belgisi   

2008-yil, iyun.
“COSCOM” MChJ XK o‘zining savdo belgisini to‘liq qaytadan joriy etdi va “COSCOM” brendi o‘rniga yangi Ucell savdo belgisi paydo bo‘ldi.
Ucell Kompaniyasi Skandinaviya mamlakatlari va Boltiqbo‘yi, Ispaniya hamda Yevroosiyoning rivojlanayotgan bozorlarida, shu jumladan Rossiya va Turkiyada telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi “Telia Company” guruhiga kirar edi.

2011-yil, 16-iyun.
Ucell Kompaniyasi Telia Kompaniyasining shimoliy Yevropa va Yevroosiyoda faoliyat yurituvchi sho‘ba korxonalari bilan birgalikda yagona savdo belgisi ostida keng ko‘lamli mahsulot va xizmatlarini taqdim etdi. Yevropadagi eng yirik operatorlardan birining tajribasi va texnik innovatsiyalarini o‘z abonentlariga havola qildi.

2018 – 2020. Davlat korxonasi

2018-yil, 5-dekabr.
Telia Kompaniyasi Ucell Kompaniyasidagi (“COSCOM” MChJ XK) o‘z ulushini O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasiga sotganligi haqida e’lon qildi.
Vladimir Kravchenko “COSCOM” MChJning (“Ucell” savdo belgisi) bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2019-yil.
2018-yil dekabrida mulkdor o‘zgarganidan keyin o‘tgan davr ichida jamoa bir qator ijobiy natijalarga erishdi. Yilning birinchi yarmida 2018-yilning shu davri bilan qiyoslaganda ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
SIM-kartalar savdosi 14,3% ga oshdi.
Abonentlar bazasi 8% ga o‘sdi va 7,6 million abonentni o‘z ichiga oldi.

2019-yil, 25-sentabr.
Har yili o‘tkaziladigan “ICT Expo” ko‘rgazmasi doirasida “Ucell” Kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi marotaba 5G tarmog‘ini kengaytirish loyihasini amalda joriy etish bosqichini ramziy ravishda ishga tushirib, 5G tijorat qurilmasining ishlashini namoyish etdi.
Yana bir kutilmagan xushxabar bu Kompaniya abonentlari uchun Toshkent metropoliteni bekatlarida mobil aloqadan foydalanish mumkinligi bo‘ldi.
Hozirda Ucell uyali aloqasi barcha metro bekatlarida mavjud. Beshinchi avlod tarmog‘i esa Toshkent City markazida ishga tushirildi.

Hozirgi kun

2021-yil, 30-sentabr.

“COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) Digital Holding qo‘shma korxonasi tarkibiga kirdi.
Qo‘shma korxonaning 51 foizi «Digital Invest» kompaniyasiga, 49 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli.

Ucell (“COSCOM” MChJ) operatori bosh direktori Andrey Shishkovskiy.

2022-yil.

Tashkil etilganining birinchi yilidan boshlab kompaniya O'zbekiston mobil aloqa bozorida yetakchilar qatoridan joy oldi va doimiy ravishda abonentlarga yangi mahsulot hamda xizmatlarni taklif etib kelmoqda.

2022-yil 21-martdan to‘liq xarajatlar nazorati va foydalanilmagan trafikni keyingi oyga o‘tkazish imkoniyatiga ega yangi “Sof” tariflar tizimi ishga tushirildi.

Ucell mutaxassislari jamoasi doimiy ravishda aloqa sifatini yaxshilash va xizmat ko‘rsatish qulayligini oshirish ustida ishlamoqda.

2022-yilda tarmoqni global texnik rekonstruksiya qilish davom etmoqda: bir necha yuzta yangi maydonchalar quriladi. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab Ucell tayanch stansiyalarining 30% qismi yangilanadi.

Avgust oyi holatiga ko'ra:
— Ucell 2G tarmog‘i aholi punktlarining 97,8% qismini qamrab olgan.
— Kompaniyaning 3G tarmog‘i mamlakatdagi aholi punktlarining 76,8% ini qamrab olgan.
— 4G tarmog‘i aholi punktlarining 85,2% hududini qamrab olgan.
— 5G tarmog‘i. Ucell beshinchi avlod uyali aloqasini joriy etish bo‘yicha birinchilar qatorida bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi: Toshkentning markaziy qismlarida Nokia va Huawei uskunalari asosida 5G’ni yoyish ishlari olib borilmoqda. Samarqandda ZTE uskunalarida 5G’ni joriy qilish yakunlandi: hozirda 5G xalqaro aeroportda, “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida va shaharning markaziy tumanlarida ishlamoqda.

Hozirda kompaniya xizmatlaridan 8 milliondan ortiq abonentlar foydalanmoqda.

O‘zbekistondagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri Ucell tomonidan joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yaxshi sifati hamma joyda va barcha uchun foydali bo‘lishini ta’minlashga intiladi.

Xizmatlar litsenziyalangan.
AA №0006634 sonli Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, 100031, V.Vohidov ko‘chasi, 118.
Tel.: (+998 93) 1800000
E-mail: inform@ucell.uz

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.