Kompaniya yangiliklari
Rahbariyat

Rahbariyat

  • jamoa strategiyalari va ularni amalga oshirish bo‘yicha rejalar:

- uyali aloqa tarmog‘ining amaldagi me’yorlari va sifat ko‘rsatkichlariga muvofiq tarzda Kompaniya texnik tarmog‘ini takomillashtirish hamda qamrovini kengaytirish;
- o‘z Mijozlarining yutuqlariga hissa qo‘shish uchun narx va sifat mosligi yaxshi, yuqori sifatli va xavfsiz xizmatlar taqdim etish, muntazam tarzda Mijoz talab va istaklarini o‘rganish hamda o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida ularni hisobga olish;
- ilg‘or texnika va texnologiyani joriy etish va qo‘llash orqali Kompaniyadagi mavjud biznes-jarayonlarni optimallashtirish;
- xodimlarning kasbiy mahorat darajasini va malakasini oshirish, ularning sifatli va tashabbusli ishlarini rag‘batlantirish;
- sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va yaxshilash jarayoniga Kompaniya xodimlarini jalb etuvchi sharoitlar yaratish;
- Kompaniya xodimlari faoliyatining yakuniy natijasiga ularning mas’uliyatini oshirish.

  • jamoa boshqaruv organi a’zolarining biografik ma’lumotlari:

Vladimir Kravchenko
Bosh direktor.

      2018-yil 5-dekabrdan — «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) Bosh direktori.
      V. Kravchenko telekommunikatsiya sohasida o‘n besh yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritmoqda.
      Uning mehnat biografiyasida mamlakat telekommunikatsiya sohasidagi rahbarlik lavozimlariga oid ko‘p yillik tajriba mavjud: «O‘zmobayl» mobil aloqa milliy operatori direktori, «O‘zbektelekom» AKda bir qator rahbarlik lavozimlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentida ish tajribasi.
      Ucellga kelishidan oldin Vladimir Kravchenko «O‘zbektelekom» Chakana savdolarni boshqarish markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
      V. Kravchenko Toshkent xalqaro Vestminster universitetida «Menejment» ixtisosligi bo‘yicha; Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida «Menejment magistri» ixtisosligi bo‘yicha hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Telekommunikatsiya muhandisi» ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan.
      Ayni damda Vladimir Kravchenko telekommunikatsiyalar yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.
      O‘zbek va ingliz tillarini mukammal biladi.
      Vladimir Kravchenko 1985-yil 5-mayda Toshkentda tug‘ilgan.
      Oilali, ikki nafar farzandi bor.
      Basketbolga qiziqadi, faol turmush tarzi tarafdori.

Sergey Melnikov
Bosh direktorning birinchi o'rinbosari.

      2021 yil 19 mayda Sergey Melnikov COSCOM MChJ Bosh direktorining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.
      Sergey Aleksandrovich mamlakatda uyali aloqa aloqa o‘rnatilgan ilk kunlardanoq bu sohada ishlab kelmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chorak asrdan oshiqroq vaqt avval u «Uzdunrobita» QK texnologik xizmati muhandisi sifatida mazkur sohadagi faoliyatini boshlagan.
      1995-yildagi muhandislikdan to 2014-yilda «Uzdunrobita» MChJ XK «Texnik blok» ekspluatatsiyasi departamenti direktori hamda tugatish boshqaruvchisining texnik masalalar bo‘yicha yordamchisigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
      Sergey Melnikov Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining soha mukofoti – «Mohir aloqachi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
      Ucellga kelishidan avval S. Melnikov «UMS» MChJda, «O‘zbektelekom» AKning «O‘zmobayl» filialida, «Asia Wireless Group» MChJ va «Nano Telecom» MChJda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
      «COSCOM» MChJ Bosh direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari v.b. lavozimiga 2020-yil 9-dekabrda tayinlangan.
      Sergey Melnikov Toshkent politexnika institutida «Injener» ixtisosligi bo‘yicha tahsil olgan.
      Ingliz tilini biladi.
      S. Melnikov 1969-yil 25-dekabrda, Qozon shahrida (RSFSR) tug‘ilgan.
      Oilali, ikki nafar farzandi bor.
      Basketbolga va baliq oviga qiziqadi.

Doniyor Nigmatullayev
Bosh direktorning ma’muriy masalalar va davlat organlari bilan ish olib borish bo‘yicha o‘rinbosari.

      2019-yili Doniyor Nigmatullayev Bosh direktorning ma’muriy masalalar va davlat organlari bilan ish olib borish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
      D. Nigmatullayev Ucell jamoasiga 2018-yil dekabrda, «COSCOM» MChJ xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i sifatida qo‘shilgan.
     2019-yilda «COSCOM» MChJ xavfsizlik departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
      «COSCOM» MChJga kelishidan oldin Doniyor Nigmatullayev «Coca-cola ichimligi Uzbekiston, LTD» MChJda yurist, «Trans Petroleum» MChJda yetakchi yurist, «Impex Petorleum» MChJda yetakchi yurist va «O‘zbektelekom» AK xavfsizlik xizmati boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
      D. Nigmatullayev Toshkent davlat yuridik institutida «Yurisprudensiya» ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan.
      Doniyor rus va ingliz tillarini biladi.
      D. Nigmatullayev 1987-yil 16-aprelda Toshkentda tug‘ilgan.
      Oilali, ikki nafar farzandi bor.
      Avia va avto minimodellari kolleksiyalarini to‘plashga qiziqadi.

Farhod Nurmuhamedov
Marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari.

      «COSCOM» MChJ Bosh direktorining marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga 2019-yil 15-iyulda tayinlangan.
      F. Nurmuhamedov Ucell jamoasiga 2018-yil dekabrda, «COSCOM» MChJ XK Marketing departamenti direktori sifatida qo‘shilgan.
      «COSCOM» MChJga kelishidan oldin «O‘zdunrobita» MChJda: marketing bo‘limi mutaxassisi, katta mutaxassisi, marketing tashabbuslarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. F. Nurmuhamedov bir necha yil «O‘zbektelekom» AKning «O‘zmobayl» filialida: tariflar ishlab chiqish guruhi rahbari, tariflar ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i, tariflar va xizmatlarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i hamda marketing va xizmatlarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
      Farxod Nurmuhamedov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Menejment (aloqa va axborotlashtirish)» ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan.
      Ingliz tilini biladi.
      F. Nurmuhamedov 1981-yil 4-iyulda Toshkentda tug‘ilgan.
      Oilali, o‘g‘li bor.
      Velosiped sportiga va suzishga qiziqadi.

O‘tkirxo‘ja Rixsixo‘jayev
Savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari v.b.

      «COSCOM» MChJ Bosh direktorining savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari v.b. lavozimiga 2020-yil 7-avgustda tayinlangan.
      O‘tkirxo‘ja Rixsixo‘jayev Ucell jamoasiga 2010-yili –  TeliaSonera Eurasia, «COSCOM» MChJ XK Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha korporativ savdo guruhi mutaxassisi sifatida qo‘shilgan.
      Kompaniyadagi o‘n yillik faoliyati davomida O‘tkirxo‘ja kasbiy kamolotning barcha bosqichlaridan o‘tgan: mutaxassis, korporativ savdoni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, abonentlarga xizmat ko‘rsatish seksiyasi menejeri, savdo va biznes segmentga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori.
      O‘. Rixsixo‘jayev Toshkent kimyo-texnologiya institutida «Menejment» ixtisosligi bo‘yicha tahsil olgan.
      O‘. Rixsixo‘jayev 1979-yil 20-mayda Toshkentda tug‘ilgan.
      Rus, ingliz va turk tillarini biladi.
      Oilali, uch nafar farzandi bor.
      Telekommunikatsiyalar industriyasi sohasidagi yangiliklarga, avtomobillarga va mashhur biznesmenlar tarixlariga qiziqadi.

  • ishlab chiqarish va moliya ko‘rsatkichlari:

- 2020-yil yakunlariga ko‘ra Jamoa sof tushum bo‘yicha rejani 89% ga bajardi;
- 2020-yil yakunlariga ko‘ra operatsiya xarajatlari bo‘yicha reja 86,7% ga bajarilgan;
- 2020-yil yakunlariga ko‘ra Jamoaning sof foyda bo‘yicha rejasi ortig‘i bilan uddalangan. 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.