"COSCOM" MChJ (“Ucell” savdo belgisi) Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga qarashli Respublika qon quyish markazi direktori A’lonur Saidov tomonidan imzolagan Tashakkurnoma oldi. A. Saidov hamyurtlarimiz sog’lig’ini saqlashda qo’shgan hissasi, aholi orasida qon donorligini targ’ib qilish va respublikamizda beg’araz donorlik faoliyatini rivojlantirishdagi samarali ishtiroki uchun Kompaniyamizga o’zining chuqur minnatdorchiligini izxor etadi.
"COSCOM" MChJ xodimlari an’anaviy tarzda inson hayotini saqlab qolish uchun zarur bo’lgan donor qonini o’z ixtiyori bilan topshirish jarayonida ishtirok etib kelmoqda. O’tgan yillarda Ucellning 147 ta xodimi ixtiyoriy ravishda beg’arazlik bilan donor qonini topshirishda ishtirok etib kelgan.
Bu yil Kompaniyamizda Donor kunini iyul oyida o‘tkazish rejalashtirilgan. Ishonch bilan ayta olamizki, bu safar ham Ucell xodimlari donorlik da’vatiga xayrixoh bo‘lishadi, chunki har safar donor o‘z qonini topshirganda, u nafaqat inson sog‘lig‘i tiklanishida, balki kimningdir hayotini saqlab qolishda ham o'z hissasini qo‘shadi.