Kompaniya yangiliklari
Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda!
11MAR2016

Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda!

Ucell Kompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirmoqda. 2016-yilning 11-mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov shahrida Ucell Kompaniyasining yangi ofisi o‘z eshiklarini ochdi. Tantanali ochilish marosimida Ucell va OAV vakillari, faxriy mehmonlar, kompaniya mijozlari qatnashdi. Navro‘z tantanalariga bag‘ishlangan yangi ofis ochilishi Denov tumani aholisi uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.
 
Ofis dizayni TeliaSonera kompaniyalari guruhining xalqaro standartlariga muvofiq tarzda — skandinav ixcham uslubni milliy o‘ziga xoslik bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlab chiqilgan. Yangi ofisning ochilishi xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi va kompaniya O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘z abonentlariga yanada yaqinlashdi. Hozirgi kunda Ucell Kompaniyasining butun O‘zbekiston bo‘ylab, xususan, Denovni ham qo‘shib hisoblaganda, 23 ta o‘z ofisi bor.
 
Eldar Sulaymonov, Savdo va xizmat ko‘rsatish kanallarini boshqarish Departamenti Direktori: Mijozga yo‘nalganlik — kompaniyamiz e’tibori qaratiladigan eng asosiy jihatdir. Ucell’ning shahar markazida joylashgan yangi ofisi ochilishi bu yo‘nalishdagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarida Ucell’ning o‘z ofislari ochilgan. Maqsadimiz — barcha ofislardagi xizmat ko‘rsatish sifatini yagona yuqori darajaga olib chiqish. Abonent qaysi ofisga murojaat qilishining ahamiyati yo‘q — u o‘ziga zarur barcha xizmatlar tez va sifatli ko‘rsatilishiga har doim ishonchi komil bo‘lishi kerak”.
 
Ofisning ochilishi an’anaviy bayramona dastur va kompaniya abonentlariga esdalik sovg‘alarini ulashish bilan davom etdi. Bundan tashqari, Denov ahli ijobiy hissiyotlar va Ucell xodimlarining samimiy qutlovlarini qabul qilib oldi.
Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.