Metropolitenda internetni ishga tushirish 2019-yilda boshlandi. Sentyabr oyida 6-ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasida OOO COSCOM (Ucell savdo belgisi) ilk marotaba ikkita bekatda aloqani yo‘lga qo‘yish haqida eʼlon qildi. Bugunga kelib abonentlar internetdan barcha platformalarda foydalanish imkoniyatiga ega.
Poytaxt metrosi nafaqat jamoat transporti sifatida xizmat qiladi, balki haqli ravishda sayyohlar muntazam tashrif buyuradigan zamonaviy meʼmoriy obida ham sanaladi. Yo‘lovchilar uchun yo‘nalish davomida mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniyati har doimgidan ham muhim. Bir yarim yil oldin biz yer ostida ulanish qay tariqa amalga oshirilgani, muhandis va texniklar duch kelgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilgandik. Аxir metropoliten bizning sharoitda nafaqat strategik obyekt, balki madaniy mulk hamdir.
.jpg)
Radiotarmoqni rejalashtirish guruhi muhandisi Ravshan Vahobov:
— Toshkent metrosidagi aloqa — o‘ziga xos betakror loyiha va uni boshqa mamlakatlardagi tajriba bilan solishtirib bo‘lmaydi. Biz ishni belgilangan sanitar xavfsizlik meʼyorlariga muvofiq tashkil etdik. O‘zbekistondagi SES standartlari dunyodagi eng qatʼiylaridan hisoblanadi. Texniklarimiz, shuningdek, uskunalarni bekatlar interyeriga imkon qadar sezilmaydigan qilib biriktirish va bir vaqtning o‘zida yuqori sifatli aloqani saqlab qolishga diqqat qaratishdi. Foydalanuvchi testlari muvaffaqiyatli o‘tdi va bugun Ucell abonentlari muammosiz internetda serfing bilan shug‘ullanishi, istalgan bekatdan qo‘ng‘iroq qilishi yoki xabar yo‘llashi mumkin. Shubhasiz, bu ish hali davom etadi va biz erishilgan natijada to‘xtamoqchi emasmiz.
Qabul-uzatish uskunasi efirga o‘tgan yilning 17- dekabrida ulangan edi. Barcha bekatlarda test-drayv amalga oshirilgan. Ovozli, paket va sms-xizmatlar to‘la hajmda ishlamoqda. LTEda qayd etilgan eng katta tezlik - 142 Mbit/s (Speed Test). Bundan tashqari, sutka davomida 1500ga yaqin faol 4G foydalanuvchilari ro‘yxatga olingan.
Biz Ucell kompaniyasi tomonidan tatbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayot sifati yaxshilanishi, uyali aloqa va internet-aloqa xizmatlaridan esa har bir inson istalgan yerda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishiga intilmoqdamiz.
.jpg)