Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
"Ucelldan 40ta chinor" aksiyasi
11NOY2019

"Ucelldan 40ta chinor" aksiyasi



9-noyabr Sodiqjon Tolipov va Bobur ko'chalari chorrahasida, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti yaqinida, "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) shahrimizga 40 chinor sovg`a qildi.

Hozirda ekologiya muammosi butun dunyoni tashvishga solmoqda. Ilmiy va texnik taraqqiyotning rivojlanishi bilan bizning shaharlarimiz tobora avtomobilllar va fabrikalarning zararli chiqindilaridan azob chekmoqda. Biz tabiatdan juda ko'p manbalarni olamiz, ammo kamdan-kam hollarda minnatdorchilik bildirib unga biron narsa berishga harakat qilamiz. Sevimli shahrimizga g'amxo'rlik qilish, uni kelajak avlodlar uchun toza va yashil tutish har birimizning burchimizdir. Shu munosabat bilan Ucell shaharni obodonlashtirish aksiyasini o'tkazdi.
Ertalab soat 9:00da Ucell xodimlari to'liq jihozlanib tayyor turgan edilar. Kimdir uchun bu birinchi tajriba va birinchi ekilgan daraxt bo'ldi, kimdir esa belkurakni birinchi marta tutmayapti. Ishning natijasi samarali bo'lishi va har bir ko'chat ildiz otishi uchun tadbir boshida landshaft dizayni bo'yicha mutaxassislar darxtlarni ekish qoidalari bo'yicha tushuncha berib o'tdilar.

3-4 yoshdagi jami 40 chinor ekib chiqdilar. Har bir ko'chat bir yil davomida ekilish uchun maxsus parvarishlangan.



Tatyana Yugay, landshaft dizayneri:
— Chinor yoki platan daraxti butun dunyoda hurmat va muhabbatga sazovorligi bejiz emas. Ushbu daraxtning afzalliklari juda ko'p. Chinor — uzoq umr yashaydi, u qaysar emas va amalda alohida yordamga muhtoji yo'q. Keng ildiz tizimi tufayli u bemalol er osti suvlariga yetib boradi va muntazam sug'orishni talab qilmaydi. U bizning shahrimiz uchun ideal ravishda mos.

Ko'plab xodimlar o'zlarining oila a'zolari bilan keldilar.

Feruza Yusupova, jarayonlar va sifat menedjmenti tizimi bo'yicha boshqarmasi mutaxassisi:
— Men bolaligimda bobom va buvimnikiga borganimni eslayman. Hovlilarida ko'plab turli daraxtlar bo'lar edi. 6 yoshimda birinchi marotaba ushbu bog'da daraxt ekgan edim. Kompaniya bunday aktsiyani tashkil etganidan juda xursandman. U ko'plab hamkasblarimning qalbida javob topdi. Shaharga daraxtlar kerak. Shaharga kichik bo'lsada foyda keltira olishimni bilish juda yoqimli. Tashabbus odamlarni tabiatning holati  to'g'risida o'ylashga va shaharda yanada ko'proq daraxtlar ekishga turtki bo'ladi deb umid qilaman.

Ishtirokchilarda ishchanlik ruhini kuchaytirish uchun issiq ichimliklar va shirinliklar bilan kichik nonushta tashkil etildi. Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam xizmati ish jarayoni bo'ylab tayyor turdi.

Ijobiy his-tuyg'ular va qadrli mehnat kuzning tongini yoruq va unitilmas qildilar. Kompaniya xodimlari daraxtlar poytaxt aholisi va mehmonlarini ko`p yillar davomida hursand qilib turadi deb umid qiladilar.


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.