Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
4G tarmog'i endi Kattaqo'rg'onda
19OKT2019

4G tarmog'i endi Kattaqo'rg'onda



Abonentlar COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) ning asosiy qadriyatidir. Ucell yangi tarif va xizmatlarni birinchi navbatda abonentlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratishga harakat qiladi. Abonentlar istaglarini esa Kompaniya xodimlari shaxsan uchrashib o'rganadilar. Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida 4G tarmog'i ishga tushirildi. Hududiy ofis xodimlari mijozlar va shahar Hokimiyati vakillari bilan uchrashdilar. 

Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida istiqomat qilayotgan Azizbek Xaitov 10 yildan beri Ucell xizmatlaridan foydalanib keladi. Azizbek - faol foydalanuvchi va tarmoq ishida muammolar yuzaga kelganda, doimo kompaniyaning viloyat ofisiga murojaat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xodimlari joylarda masalalarni hal qilganlarini ko'rib, u o'z ona shahridagi Internet va ovozli qo'ng'iroqlar sifatini yaxshilash taklifi bilan murojaat qilishga qaror qildi. Mutaxassislar guruhi "Ucell-Samarqand" viloyat bo'limining rahbari Kamol Muxamadiev boshchiligida mijoz bilan suhbatlashish uchun keldilar.

Abonentga uyali aloqani yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi va Internet tezligini namoyish etildi. Hozirda Kattaqo'rg'on viloyatda Samarqanddan so'ng ikkinchi 4G ulanishi mavjud bo'lgan shahardir. Ushbu yangilik abonentni juda xursand qildi.

Kompaniya xodimlari shahar hokimligi vakillari bilan ham uchrashdilar. Suhbat davomida 4G tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha kelgusi rejalar, shuningdek, aloqa muammolarini hal qilishning yangi usullari aytib o'tildi. Kattaqo'rg'on yo'llarida esa 4G tarmog'i ishga tushgani haqida ma'lumot beruvchi banerlar o'rnatildi.

Bugungi kunda eng ko'p faol "Ucell" foydalanuvchilar soni Samarqand viloyatida yashaydi – bir milliondan ortiq. Viloyatda uzluksiz aloqa va tezkor xizmatlarni ta'minlash uchun 227 ta dilerlik punkti mavjud bo'lib, ulardan 60 tasi mono-ofislardir. Viloyat ofisida 48 xodim faoliyat ko’rsatmoqda.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.