Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Qadimgi Samarqand: Ucellning biringi muhabbati
29NOY2019

Qadimgi Samarqand: Ucellning biringi muhabbati



Aynan Samarqandda Ucellning birinchi tarmog’i ishga tushirilgan edi. 1996 yilda birinchi qo’ng’iroq Samarqanddan amalga oshirilib, Kompaniyaning tarmo’gi ushbu manzildan rivojlanishni boshlagan. Bugungi kunda abonentlar hamda tayanch stantsiyalar soniga ko’ra Samarqand viloyati birinchi o’rinda turadi. Bu viloyat Toshkent shahridan keyin milliondan oshiq abonentlarga ega viloyatdir.



Samarqandda joylashgan “Ucell - Samarqand” mintaqaviy bo’linmaning ikkita ofisi hamda Kattaqo’rg’onda bitta mini ofisi bor. Texnik Ofisda 35 nafar mutaxassis hamda Bosh Ofisda 27 nafar xodim o’z faoliyatini yuritadi.
“Ucell-Samarqand” Ofisining kundalik ish faoliyati haqida, erishilgan muvaffaqiyatlar, mavjud muammolar va ular yechimini topish yo’llari, mintaqaviy ofis oldida turgan masalalar va yangi g’oyalar to’g’risidagi Mintaqaviy Ofis rahbari, bosh muhandis hamda dilerlarning uchta qisqa ko’rinishdagi suhbati taqdim etiladi.
 



Kamol Muxammadiyev, “Ucell-Samarqand” Mintaqaviy Ofis direktor v.b.:

—  Mintaqaviy Ofis oldida qanday masalalar mavjud? Samarqand ofisida texnik qurilmalarni muvofiqlashtirish talab etiladi. Eng boshidan joriy etilgan birinchi tayanch stantsiyalar hali ham ishlamoqda. Rivojlanish davom etmoqda, qurilmalar eskirmoqda. Ularni barchasini yangilash lozim. Albatta shu vaqt ichida ham yangi qurilmalar o’rnatilgan, ammo ular bir –biriga zid. Shu sabab, mintaqamiz uchun keng qamrovli hajmda o’zgarishlar kerak.
Rejaga muvofiq keyingi yilda amalda ishlayotgan qurilmalardan 80% almashtirilishi lozim. Bizda tarmoq sifati bo’yicha juda ko’p shikoyatlar mavjud. Joylarda raqobatchilarimiz, ayniqsa UMS va Uzmobile, rivojlanish sari olg’a bormoqdalar. Biz 2G tarmog’i bilan chegaralanib qolgan uzoq hududlarda, ular 3G va 4G tarmog’ini rivojlantirish ustida ishlamoqdalar. Hozirgi kunda barchada yangi telefonlar mavjud va ular sifatli internet xizmatlaridan foydalanishni istaydilar.
Oxirgi ikki oy ichida, ya’ni oktabr va noyabr oylarida biz 4G tarmog’ida ishlovchi 32 ta yangi tayanch stantsiyalarni ta’minladik. Samarqandda biz to’rtta kuchli 4G stantsiyalarini  va Kattaqo’rg’onda yangi 4G stantsiyalarni o’rnatdik. Bundan tashqari, Juma shahrining Oqtosh va Pastdargom tumanlarida 4G joriy etdik. Eng katta imtiyoz bu pasport va yangi namunadagi haydovchilik guvohnomaga muvofiq abonentlarni tarmoqga ulash bo’ldi.
Keyingi yil 50 ta yangi tayanch stantsiyalarni joriy etish rejalashtirilgan va ulardan 25 ta stantsiya bilan bog’liq hujjatlar tasdiqlanishi kerak. Yaqin kunlarda biz ushbu hududlarga tashrif buyurib, kelajakdagi o'zgarishlar haqida ma'lum qilmoqchimiz.
Ayni vaqtda Samarqandda 231 ta diler o’z faoliyatini yuritadi, ulardan 56 tasi mono brendli sotuv shahobchalari. O’rtacha kuniga “Ucell-Samarqand” 1700-1800 taga yaqin abonentlarni tarmoqga ulaydi.
“Ucell-Samarqand” o’sib borayotgan raqobat sharoitlarida dilerlar va texnik bo’lim bilan qo’lni-qo’lga berib ishlayotganligidan faxrlanadi. Jamoa barqaror rivojlanishni va abonentlar bazasini saqlab qolishga muyassar bo’lmoqda.  



Emil Kurtnazarov, “Ucell-Samarqand” Mintaqaviy Bo’lim bosh muhandisi:

— Texnik Ofis javobgarligiga sifatli va uzluksiz aloqani ta’minlash, nazorat qilish, kecha-kunduz barcha tizimlarni kuzatib borish, mavjud buzilishlarni bartaraf etish va texnik qurilmalarga doimiy ravishda xizmat ko’rsatish kabilar kiradi.
Texnik xodimlar ro’yxati hozirgi paytda kengaymoqda, agar avval Ofisda 10 kishi ishlagan bo’lsa, ayni damda 35 tani tashkil etadi. Bo’limlar ko’paymoqda. Masalan, Saytlarni ta’minlash guruhi hudidlar ta’minoti va ularni ijaraga olish, shuningdek rivojlantirish bilan shug’ullanadi. Xizmat ko’rsatish, foydalanish va tarmoqni qo’llab-quvvatlash bo’limiga juda ko’p xodimlar ishga olindi.
Oxirgi paytda biz abonentlar bilan yaqindan ishlash jarayoni ustida ishlamoqdamiz, shu jumladan, biz joylarda shikoyatlar sababini aniqlash maqsadida joylarga chiqa boshladik.
Imkon qadar biz ushbu masalalarni joyida yechishga harakat qilyapmiz, agar bunday imkoniyat bo’lmasa, murojaatni keyingi bosqichlarda ko’rib chiqish uchun taqdim etamiz.
Asosan shikoyatlar uyali aloqa deyarli mavjud bo’lmagan va borish qiyin bo’lgan hududlarda yashovchi abonentlardan kelib tushadi. Biz ushbu hududlarni tarmoq qamrovini kengaytirish bo’yicha rejaga kiritib boramiz.
Bu yil oktabr oyida biz 4G tarmoq qamrovini kengaytirish bo’yicha ishlar amalga oshirdik. 1800 tezlikdagi 32 ta yangi tayanch stantsiyalarini o’rnatib, ishga tushurdik. Barcha ishlar deyarli bir oy ichida tugatildi.
Bu ishlarni biz o’z kuchimiz bilan, ya’ni qurilmalarni qabul qilib, tushurib olish, saytlargacha yetkazish va joriy etish kabi ishlarni amalga oshirdik. Bugungi kunda quyosh batareyalar yordamida qo’llab-quvvatlanuvchi uzoq masofada joylashgan hududlarda 20 dan oshiq saytlar ishlamoqda. Asosan bu tog’li, qo’riqlanmaydigan va elektr toki qurilmalarini o’rnatish imkoni yo’q bo’lgan hududlardir.
Keyingi yil texnik qayta jihozlash yili bo’ladi va juda ko’p loyihalar joriy etiladi.



Nigora Karshieva, diler:

—  Dilerlik shahobchamiz 2006 yildan o’z ishini boshlab, mana 13 yildan beri o’z faoliyatini bozorda olib bormoqda. Har oy 250 ga yaqin yangi abonentlarni tarmoqga ulaydi. Juda ko’p insonlar uyali operatorlarini o’zgartirish istagi bilan keladilar va Ucellni afzalroq deb biladilar. Samarqandda aloqa juda yaxshi. Yagona taklif – bu Telegram kanalida, ijtimoiy tarmoqlarda qiziqarli tariflarga aholini qiziqtirish maqsadida yanada ko’proq reklamalarni to’g’ridan –to’g’ri taqdim etishdir.
Tariflar bo’yicha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan buklama reklamalarni yanada ko’proq chop etsangiz.
Abonent barcha tariflarni eslab qolishi juda qiyin masala, flayerlar taqdim etilsa, barcha ma’lumotlar uning qo’lida bo’ladi.
Bundan tashqari buklama reklamalar nafaqat o’zbek va rus tillarida chop etish zarur. Samarqand sayyohlar markazidir. Shu sababli, ingliz, frantsuz va boshqa tillardagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan buklama reklamalarning foydasi juda katta. “Sayyoh” tarifi bo’yicha masalan, bu O’zbekiston bo’ylab sayohat qilayotganlar uchun juda foydali, ammo mehmonlarimiz bu haqida bilmaydilar.

Sayyoh tayyoraning o’zidayoq Ucellning manfaatli va qulay “Sayyoh” tarifini xarid qilish haqida aniq qarorga ega bo’lishi uchun tarif reklamalarini nechun Uzbekistan Airways nashrlarida chop etmaylik.

Maqola Xabar.uz saytida yoritilgan.
 


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.