Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell Mobile Challenge-dan muvaffaqiyatli start-up sirlari
23OKT2019

Ucell Mobile Challenge-dan muvaffaqiyatli start-up sirlari



Sentyabrda Ucell Kompaniyasi, IT Park va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorlari Digital Generation va Smile Mobile bilan birgalikda umumiy sovrin jamg'armasi 600 million so'm bo'lgan “Ucell Mobile Challenge 2019” tanlovini boshladilar. Bir necha kun oldin, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida tanlovning ikkinchi bosqichi, saralash jarayonidan o'tgan ishtirokchilar uchun Boot Camp, bo'lib o'tdi.

Dasturchilarga O'zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullaev va COSCOM MChJ (Ucell savdo markasi) bosh direktorining birinchi o'rinbosari Abdurahmon Abdurahmonov kirish so'zi bilan murojaat etdilar.

“Aloqa va axborot bozori iqtisodiyotning istiqbolli va jadal rivojlanayotgan asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib qolmoqda. To'g'ri yondashuv natijasida, IT sektori mamlakat iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi va jamiyatda ijobiy o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bu biz tashkil etadigan mobil ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha birinchi tanlov, ammo oxirgi emas. Bizning maqsadlarimiz: iqtidorli yoshlarni aniqlash, startap loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash va eng yaxshi loyihalarni "COSCOM" MChJ faoliyatiga joriy etish”, – deb murojaat etdi A. Abdurahmonov.


Ikki oy davomida Respublikaning turli burchaklaridan yuzdan ortiq yoshlar ishtirok etish uchun ariza topshirishdi. Saralash bosqichidan keyin 60 jamoa qoldi, ular uchun Boot Camp tashkil etildi.

Boot Camp bu mahorat darslari va treninglardir. Unda ishtirokchilar marketing, dasturlash va ommaviy nutq sohasidagi etakchi mutaxassislarning tajribasi bilan tanishdilar. Tezlashtirilgan Boot Camp dasturlari sohaga endi kirib kelgan yoshlarga kodlash bo'yicha bilimlarini Ucell abonentlari qalbini zabt etadigan noyob loyihalarni ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan raqamli ko'nikmalarga aylantirishga imkon beradi.

O'quv-mashg'ulot yig'inida quyidagi mutaxassis va ishbilarmonlar tanlov ishtirokchilari uchun taqdimot qildilar:

• Ulug'bek Xojiaxmedov, Compass Consulting LLC kompaniyasining asoschisi va direktori, "Marketing asoslari" mavzusi bilan;
• Artur-Pak Vartanyan, biznes  trener, maslahatchi, "Taqdimot san'ati" mavzusi bilan;
• Diyas Mutalov, Re-form MChJ asoschisi, "Start-upni qanday saqlab qolish" mavzusi bilan.

Oldinda eng qiziqarli qism – ish jarayoni va loyihalarning taqdimoti. Ishtirokchilarga omad tilaymiz va ulardan ajoyib mobil dasturlarni kutamiz.


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.