Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Xalqaro nogironlar kunini nishonlab
04DEK2019

Xalqaro nogironlar kunini nishonlab



Bugun "Yakkasaroy" restoranida Xalqaro nogironlar kuni va "Mehribonlik" jamiyatining 30 yilligiga bag'ishlangan xayriya kechasi bo'lib o'tdi. COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) kompaniyasi ushbu tadbirning homiylaridan biri bo'ldi.

Haqiqat shundaki, hozirda hatto sog'lom odamlar ham jamiyatda o'z o'rinlarini qiyinchilik bilan topishyapti. Nogironlar haqida o`ylab ko`ring. Jamiyatning zaif qatlamni oldida turgan asosiy to'siqlar qatorida bandlikning pastligi, ta'lim va sog'liq sohalarinig yetarli darajada moslashmaganligi. O'zbekistonda nogironlarni qo'llab-quvvatlash bilan bir qator tashkilotlar shug'ullanadi. “Mehribonlik” jamiyati shulardan biridir.

Zulfiya Yoqubova, Yakkasaroy tumani “Mehribonlik” jamiyatining raisi:
— "Mehribonlik" tashkiloti bu yil 30 yoshga to'ldi. Bayram sharafiga har yili jamiyatning barcha a'zolari uchun tantanali tadbir tashkil etiladi. Biz yordamga muhtojmiz. Ucellga ushbu yordam qo'lini cho'zganligi uchun tashakkur bildiraman. Kompaniya rahbariyati va xodimlarga chin dildan mehr-oqibat, tinchlik, sixat-salomatlik tilab qolaman.



Svetlana Saidzoda Sa`diy, san'atshunos, Yakkasaroy tumanidagi "Mehribonlik" jamiyatining volontyori:

— Uyushmaning to'liq nomi  "Nogironlarga ijtimoiy o'zaro yordam ko'rsatish bo'limi". Jamiyat nogironlarga ham moddiy, ham psixologik yordam ko'rsatadi. Bugungi bayramning asosiy maqsadi odamlarga qiyin kundalikda hamroh bo'ladigan yaxshi kayfiyatni bag'ishlashdir. O'tkir Hoshimovning "ko`ngil piolasi" degan iborasi bor. Menimcha, bu so'zlar bizning vaziyatimizga juda mos keladi. Jamiyatimizni bayram bilan tabriklayman.

Zavqli raqlar va musiqasiz bayram o`tarmidi. Tadbirda musiqachilar va san'atkorlar, jumladan qo'shiqchi, "O'zbekiston – barchamizning uyimiz" va "Aprel bahori" festivallari laureati Magdalena Kim ishtirok etdi. Bayramga yig'ilgan odamlarning yuzlarida yorqin tabassum va quvonchni ko'rish juda yoqimli edi.

Ushbu tadbirni tashkil etishda yordam berganligi uchun Kompaniya faxriy diplom bilan taqdirlandi.


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.