Butun dunyo bo'ylab metro bekatlarida uyali aloqa bilan foydalanish odatiy holga aylangan. Zamonaviy shahar metrosida uyali aloqa talabi anchagina baland. Sentabr oyida "COSCOM" MChJ (Ucell savdo markasi) Metrotelecom hamkorlari bilan birgalikda shahar er osti transportining ikkita bekatida aloqa o'rnatdilar.
Fuqarolar metrodagi yangi imkoniyatdan mamnun. Ammo jarayon qanchalik qiyin ekanligini faqat shaxsan ishtirok etganlar bilishadilar. Er ostida aloqasini o'rnatish oson ish emas. Metro strategik ob'ekt hisoblanadi, bizning vaziyatimizda esa madaniy boylik qatoriga ham kiradi. Shu sababli, aloqa o'rnatish, uni tashkil etish kabi harakatlarga nisbatan jiddiy cheklovlar mavjud. Bundan tashqari, metroda aloqa yaratish sharoitlari shahardagidek emas.
Ulug'bek Mirhabibov, aloqa tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari bo`limining etakchi muhandisi:
— Uskunani o'rnatish oson vazifa bo'lmadi. Muhandislar faqat tungi vaqt, barcha transport to'xtaganidan so`ng ishlarni olib bordilar. Bu degani tungi soat birdan ertalabki beshlargacha. Biz har bir qadamni sinchiklab ko'rdik va stansiyalardagi marmarga zarar bermaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakatlarni qildik. Ish jarayonida xavfsizlikka alohida e'tibor berilganligini ham inobatga olish kerak. Kompaniyaning bunday hududlarni qamrab olish tajribasi bo'lmaganligi sababli, ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifati va o'rnatilgan uskunalarning hajmi haqida xavotirlar bor edi. Bekatlarda odam ko'p bo'lsa, radio manbalari ular o'rtasida teng ravishda bo'linadi. Aloqa ishga tushgandan so'ng, kompaniyaning loyiha qarori amaliyot bilan tasdiqlandi, maxsus muammolar kuzatilmadi.
Shaharda barcha texnik yechimlar alla qachon ishlab chiqilgan: keng maydon bo'ylab ko'plab abonentlarni qo'llab-quvvatlaydigan makrosotalar va kuchli qurilmalar o'rnatilgan. Ammo ularning signallari yerga chuqur kirib borish uchun yetarli emas. Metroda sharoitlar boshqacha va o'zgacha yechim qo`llanadi. Hozircha aloqa faqat bekatlarning o'zida va har bir yo'nalishda 100 metrga yaqin tunnellar ichida ishlaydi. Kelgusida tunnel bo'ylab aloqani ta'minlash uchun mavjud yechimlarni takomillashtirish rejalashtirilgan.
Endi siz metroda aloqa qanday ishlashini bilasiz.
Kelgusi yil oxirigacha barcha metro stantsiyalarida uyali aloqa va Internet paydo bo'ladi. Ucell uyali aloqa operatoriga aloqangizni ishoning va doimo innovatsiya to'lqinida bo'ling.