Shu kunlarda Qo’qon shahrining 32-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktabida shahar miqiyosida kichkina, ammo bolalalar uchun juda muhim bayram bo’lib o’tdi.
“COSCOM” ma’suliyati cheklangan jamiyatining (“Ucell” savdo belgisi) vakili Ibrohimjon Umarov hamkasblari bilan birgalikda tabiiy fanlarni chuqur o’rganayotgan o’quvchilarga kompyuter sinfini jihozlash maqsadida barcha jihozlarni olib keldi.
Maktab direktori Gulchehra Qayumova va uning o’quvchilari 10 ta zamonaviy va ixcham HP Pavilion Desktop Computer, Intel Core i5-7400 kompyuterlarini qabul qilib olishdi. Ushbu zamonaviy va ko’p vazifali kompyuterlar zamonamiz o’quvchilarining o’sib borayotgan talablariga javob bera oladi. “COSCOM” ma’suliyati cheklangan jamiyati ushbu kompyuter sinfini internet bilan to’liq ta’minlash maqsadida 5 ta Huawei Wi-Fi routerlarini hamda Manager L tarifida (oyiga 10000 Mb) sim kartalar bilan jihozlangan 5 ta Artel Z5 smartfonlarini ham maktabga topshirdi.
Bunday yangiliklar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yoshlarimizni tarbiyalash va o’qitish hamda ayollarni ish bilan ta’minlash bo’yicha beshta tashabbusining amalda aniq tatbiq etilayotganligidan dalolat beradi.
Uchinchi tashabbus kompyuter texnologiyalar va internetni samarali foydalanishga qaratilgan.
Texnik jihozlarni topshirish marosimida Qo’qon shahri xalq ta’limi bo’limining vakili Ezozxon Shermatova ta’kidlaganidek, ixtisoslashtirilgan maktabning iste’dodli bolalalari o’z ustida ishlashi va bilim darajasini ko’tarishlari uchun ajoyib bir rag’batlantiruvchi omilga ega bo’ldilar.
