Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Korporativ mijozlar Ucellni tanlamoqda
17FEV2020

Korporativ mijozlar Ucellni tanlamoqda



O'tgan yili O'zbekistonda kichik biznesning GPDdagi ulushi 57,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkichning o'zi tadbirkorlarning mamlakat iqtisodiyotidagi o`rni va ahamiyati haqida ko`pgina ayta oladi. Zamonaviy raqamli dunyoda har qanday biznesning barqaror rivojlanishining mezonlaridan biri  yaxshi aloqadir. Jahon tajribasi, aloqa sohasiga sarflangan har bir so`m ikki so`m daromad keltirishini tasdiqladi. Shunday qilib aloqachilarning ishi jamiyatning barcha sohalariga ta'sir qiladi. 2019 yilda Kompaniyaning boshqa kompaniyalar bilan o'zaro munosabatlarga yo'naltirilgan B2B sektori (qisqacha "Business-to-Business " yoki "Biznes uchun biznes") o'z faoliyatida katta yutuqlarga erishdi.



Xizmat ko'rsatish bo'limining operatorlariga va hududlardagi kichik, o'rta va yirik biznes mijozlari bilan ishlaydigan savdo vakillarga faoliyatlarida mahorat va yuqori ko'rsatkichlar uchun rag'batlantiruvchi diplom va sovg'alar topshirildi.



Diplom va sovg'alarni:  Utkirхo`ja Riхsiхo`jayev, savdo va biznes segmentga xizmat ko’rsatish departamenti direktori, Tamila Persheeva, abonentlarga xizmat ko’rsatish va biznes segmentni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi bo'limi boshlig'I, Shaxnoza Xatamqulova, kichik va o’rta biznes (KO’B)ga mansub mijozlar bilan ish olib borish boshqarmasi boshlig'i topshirdilar.

Shahnoza Xatamqulova:
— Tadbirkorlar bilan muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat ish yuzasidan kelib chiqgan rishtalarini, balki ishonchli va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish juda muhimdir. Bugungi kunda “networking” deb ataladigan qobiliyat. Aholisi kam bo'lgan hududlarda bu katta ahamiyatga ega. Biz har bir abonentga individual yondoshishga harakat qilamiz. Aksariyat korporativ mijozlar uchun alohida tarif rejalari, chegirma va sodiqlik dasturlari yaratilgan. Biz ishbilarmonlik hamkorligidan tashqari shaxsiy munosabatlarni ham mustahkamlaymiz: ularni tug'ilgan kunlari, kasb bayramlari bilan tabriklaymiz: mijozning hayoti bilan yashaymiz.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.