"COSCOM" MChJ kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) ko'p yillar davomida o'z abonentlarini ishonchli himoya bilan ta'minlab kelmoqda. Bularning barchasi xodimlarning malakali yondashuvi va yuqori professionalligi tufayli. Ulardan biri tarmoq va axborot texnologiyalari xavfsizligi bo'limi boshlig'i Andrey Shishkin. Kuni kecha uning ishtirokida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun mini-sessiya tashkil etildi.
Axborot texnologiyalari bizning hayotimizga juda katta tezlikda kirib kelmoqda. Ularning foydasini hisoblash qiyin. Ish jarayoni va uyimiz havsizligi mukammalashdi, kundalik vazifalar yengillashdi, tezkor aloqa tizmi paydo bo'ldi va bu ro'yxatning hatto yarmi ham emas. Biroq, har bir tanganing orqa tomoni bor, innovatsion texnologiyalar kiber jinoyatchilar qo'lida katta xavf tug'dirishi mumkin. Axborot xavfsizligi masalasi 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi dasturiga kiritilgani bejiz emas.
Ma'lumotni saqlovchi har bir kompaniya uning xavfsizligi muammosiga duch keladi. Ucell ushbu sohada katta tajribaga ega va u bo'lajak aloqa mutaxassislarini qo'llab-quvvatlashga va yo'l ko'rsatishga tayyor. 29 oktabr kuni Kompaniya Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun "Axborot va mobil aloqa tarmoqlarining kiberhavfsizligi" mavzusida mini-sessiya o'tkazdi.
Andrey Shishkin, Tarmoq va axborot texnologiyalari xavfsizligi bo'limi boshlig'i:
- Bugungi kunda global axborot makonida ko'plab xavf-xatarlar mavjud. Ularni bir necha toifaga bo'lish mumkin:
• Shifrlovchilarning zararli dasturiy ta'minot hujumlari, ijtimoiy muhandislikdan foydalangan holda
• Fishing xabarlari
• Yangilanmagan dasturiy ta'minot
• Ijtimoiy tarmoqlar xavfi
• Advanced Persistent Trend - maqsadli kiberhujumlar
Ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. An'anaviy darajaga asoslangan xavfsizlik yondoshuvi tashqaridan ichkariga ishlaydi chiqilgan va o'rta asr qal'alarini himoya qilish tizmiga o'xshaydi.
Rixsi Isaev, ATETM MChJ direktori, TATU professori, texnika fanlari nomzodi:
- Axborot xavfsizligi tushunchasi Internet paydo bo'lganida kelib chiqgan. Bugungi kunda dunyodagi eng kuchli qurol - bu ma'lumot. "Axborot egasi, dunyo egasi " iborasi barchamizga tanish. Bu bejiz emas. Axborot xavfsizligi hozirda ilgaridek faqat Internet bilan bog'liq emas. Agar ilgari biz axborot kanallarini, tashqi trafikni va potentsial xavfli tarkibga ega saytlarni blokirovka qilish haqida gapirgan bo'lsak, endi atrofimizdagi hamma narsani himoya qilish haqida gaplashamiz. Hozirda universitet kiberxavfsizlik bo'yicha o'quv va amaliy ishlab chiqarish laboratoriyasini yaratish ustida ishlamoqda.
Mashg'ulot davomida talabalar Ucell-dagi ma'lumotlarni himoya qilish texnologiyalari bilan tanishdilar va mutaxassisga savollar berish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Kelgusida mamlakatimizning boshqa universitetlarida ham mini-sessiyalar tashkil etish rejalashtirilgan.
