Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ochiq eshiklar kunlari davom etmoqda. Ikkinchi kun. Vestminster
19FEV2020

Ochiq eshiklar kunlari davom etmoqda. Ikkinchi kun. Vestminster



"Ucell Plaza" bosh ofisiga Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalari tashrif buyurishdi.
Bu safar ochiq kun o`zgacha bo'ldi, chunki talabalar Vestminsterning bitiruvchisi Kompaniyaning bosh direktori Vladimir Kravchenko bilan suhbatlashish imkoniga ega bo`ldilar. Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv davra suhbatida do'stona fikr almashuviga aylandi.



Vladimir Kravchenko, Bosh director v.b.:

— Sizga aytmoqchi bo'lgan ikkita maslahatim bor. Birinchisi: barcha ishdan tajriba olishga harakat qiling. Ikkinchisi: o'zingizga aniq maqsadlar qo'ying va ularga intiling.
Bugun 40 yoshingizda o'zingizni kim sifatida aniq ko'rishingiz juda muhimdir. Siz hozir qabul qiladigan qaror taqdiringizga kata ta`sir ko`rsatadi. Buning uchun oldingizga maqsadlarni bugun qo'ying. Maqsadsiz odam, boshqaruvsiz  kema kabidir. Agar bir kun tadbirkor, keying kun advokat, uchinchi esa dasturchi bo'lishni istasangiz, tabiiyki, ulardan biri ham bo`lmaysizs. Shunchaki imkoniyatlaringizni boy berasiz.




Ekskursiya davomida yigit-qizlar xodimlarning muvaffaqiyatlari haqida eshitishdi, qiziqtirgan savollariga bosh direktorning xavfsizlik va ma'muriy masalalar bo'yicha o'rinbosari Doniyor Nigmatullayevdan javob olishdi:
— Xavfsizlik – kompaniyaning strategik masalasidir. Ehtimol har bir xodimning shaxsiy ruxsatnomasi borligiga ahamiyat bergandirsiz. Ular kirish, chiqish va ofisdagi barcha harakatlarni belgilaydilar. Kompyuterlar va serverlardagi barcha ma'lumotlar, shuningdek bizning bo'limimiz tomonidan nazorat qilinadi. Bugungi kunda texnologiya har qanday qoidabuzarliklarni qat'iy nazorat qilish va kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy xavfsizlik bilan shug'ullanadigan bo'limlar ham mavjud.



Bo'lajak mutaxassislar xodimlarni boshqarish departamenti direktori Aziz Karimovdan ishga joylashish masalasida tavsiyalar oldilar:
— Kadrlarni tanlash va rivojlantirishda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan kishi sifatida e'tiboringizni presentation skills – taqdimot ko'nikmalari,  communication skills – muloqot olib borish qobiliyatlari, team working skills – jamoada ishlash ko'nikmalari va boshqa “soft skills” degan ko`nikmaga qaratmoqchi edim. HRda "Bilim uchun ishga qabul qilinadi - xulq-atvor uchun ishdan bo'shatiladi" degan maqola bor. Jamoada o'zaro munosabatlar juda muhim, shuning uchun kasbiy ko'nikmalar “hard skills” bilan bir qatorda “soft skills” rivojlantiring.

Marketing va texnologiya bo'limlariga ekskursiya davomida yigit-qizlarni nafaqat ish jarayoni bilan tanishdilar, balki xodimlar bilan ish joylarida  muloqot qilish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.