Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell – EMBRAS 2020 ish beruvchilar brendi sohasida yetakchi
18YAN2021

Ucell – EMBRAS 2020 ish beruvchilar brendi sohasida yetakchi



15-yanvar, juma kuni kechqurun Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida "Central Asia Employer Brand Award" - EMBRAS 2020 mukofotining yillik eng yaxshi loyihalarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) "Biznes natija" va “Ish beruvchining imiji” nominatsiyalarida yetakchi o'rinlarni egalladi.

Employer Brand Award - bu MDH, Evropa va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi ish beruvchilarning obyektiv reytingidir. Sammit samarali fikr almashish uchun platforma bo'lib, Evropa va Osiyodan kelgan jahon miqyosidagi mutaxassislari o'zlarining tajribalari va bilimlarini kadrlar menejmenti va rivojlanishidagi ilg'or tajribalar va holatlar haqida o'rtoqlashadilar.

Ucell "Biznes natija" nominatsiyasida birinchi o'rinni va "Ish beruvchining imiji" nominatsiyasida uchinchi o'rinni egalladi.
"Biznes natija" nominatsiyasida "Ucell-Upgrade" loyihasi - Call-markazning ish faoliyatini yaxshilash uchun motivatsion dastur uchun mukofot taqdim etildi. "Ucell-Upgrade" ulkan maqsadlarga erishishga va abonentlar uchun axborot-ma'lumot xizmatlarining sifatini oshirishga imkon berdi. Loyiha xalqaro HR mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi va birinchi o'rinni egalladi.
"Ish beruvchining imiji" nominatsiyasidagi mukofotni "Ucell - Transformatsiya" loyihasi oldi, uning vazifasi ish beruvchi - davlat kompaniyasining ijobiy imijini saqlash edi. Raqobatbardosh ish haqi, korporativ madaniyat, xodimlarning malakasini oshirish va ularga g'amxo'rlik qilish Kompaniyaning muhim tamoyillari hisoblanadi.



Maksim Domaxin, “COSCOM” MChJ xodimlarni boshqarish departamentining direktori v.b.:
–  “Coscom” MChJ (Ucell savdo belgisi) abonentlar soni bo'yicha O'zbekistonning uyali aloqa bozorida yetakchi, telekommunikatsiya sohasidagi yirik ish beruvchi va mamlakatdagi eng yirik soliq to'lovchilaridan biri hisoblanadi. Biz g'alaba qozonishga umid qilgandik, lekin birdaniga ikkita nominatsiya bo'yicha g'alaba biz uchun yoqimli syurpriz bo'ldi. Butun infratuzilmaning ishi, avvalambor, xodimlarga bog'liq. Bugun bizning loyihalarimiz mukofotning xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholandi. Ucell bu bilan to'xtab qolmaydi. Kompaniya o'z xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilashni davom ettiradi va Kompaniyaning har bir mutaxassisining kasbiy yuksalishini ta'minlaydi.

Ucell har doim ichki korporativ madaniyat haqida qayg'uradi, rivojlanish va o'qitish, lavozim yuksalishlar, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, ishchilarni rag'batlantirish va jalb qilishda muhim rol o'ynaydi. 2020 yilda xodimlar o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, xodimlarning qoniqish darajasining umumiy foizi 94% ni tashkil etdi. Kompaniya uchun mukofotni qo'lga kiritish birlashgan jamoa sifatida oldinga siljish uchun qo'shimcha rag'batdir.


 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.