“COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) “Qadrdonlar!” nomli sodiqlik dasturini faollik bilan amalga oshirib kelmoqda. Ucell tarmog‘idagi birinchi kundanoq barcha abonentlarga taqdim etiluvchi afzalliklar dasturning asosiy g’oyasi hisoblanadi. Sodiqlik dasturi doirasida abonentlar o‘z tarif rejalariga bog‘liq holda maqomlar hamda Ucell tarmog‘ida bo‘lib kelayotgan muddatidan kelib chiqib afzalliklar oladilar.
Tariflar tizimi va tariflarga qarab abonentlarning uch xil maqomi aniqlangan, ya’ni “Qadrli”, “Izzatli” va “Savlatli”.
Har bir maqomda abonentning Ucell tarmog’idagi tajribasiga qarab 3 dan 10 tagacha imtiyozlar taklif etadi. Ushbu dastur tafsilotlari bilan quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:
http://ucell.uz/uz/subscribers/services2/special_offers2/we_appreciate_you
“Qadrli” - «Tantana» tariflar tizimi hamda «Yaxshi kayfiyat», «Zo‘r kayfiyat», «Oddiy», «Ko‘proq», «Ijobiy», «Yangi ijobiy», «Yengil hafta», Fresh, «Diyorim», «Baxtli 25», «Azizlarim», «Student» tariflari abonentlari.
“Izzatli” - «Baxtli 25+», «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat», “Active 45”, “Active 45 BN”, “A’lo kayfiyat BN”, “Baxtli 25 BN” tariflari abonentlari.
“Savlatli” – “Active 70”, “Active 100”, “Active 70 BN” hamda “Active 100 BN” tariff abonentlari.
Agar sizning tarifingiz dastur ishtirokchisiligini yoki Ucell tarmog’idan qancha vaqtdan beri foydalanib kelasiz, shu lahzaning o’zidayoq qanday imkoniyat va imtiyozlar sizga taqdim etilishini aniqlamoqchimisiz, unda
*136# raqamini tering.
So‘rov narxlanmaydi va hech qanday cheklovlar mavjud emas.
“Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi doirasida berilgan takliflar doimiy ravishda yangilanib boradi.
Yangiliklarni bizning saytimiz www.ucell.uz da kuzatib boring. Eslatib o‘tamiz, Sizning abonent raqamingizdan Kompaniya sayti manbalariga kirish ham bepul.
.jpg)