Har oyda siz katta xizmatlar to'plamini sotib olasiz, ammo faqat bitta manbadan faol foydalanasizmi? Barcha internet-trafikni tugatib bo'ldingiz, ammo hali ko'p daqiqa va SMSlaringiz bor. Yoki aksincha, daqiqa va SMSlar yetarli emas, internet-trafik esa ortiqcha. Yangi “Oson almashuv” xizmati orqali ishlatilmagan cheklovlarni kerakligiga almashtiring va aloqadan unumli foydalaning.
Xizmat “Kayfiyat”, “Special” va “Active” tarif rejalari abonentlariga taqdim etiladi.
Abonentlar quydagi shartlarga ko'ra almashuv amalga oshira oladilar:
• Tarmoq ichidagi daqiqalar 2ga 1 shartida, ya'ni har 2 daqiqada uchun abonent 1 MB internet-trafikka ega bo'ladi yoki aksincha, har 2 MB internet-trafik uchun abonent 1 daqiqa oladi.
• O'zbekistonda chiqish SMSlar 2ga 1 shartida, ya'ni har 2 SMS uchun abonent 1 MB Internet-trafikka ega bo'ladi yoki aksincha har 2 MB internet-trafik uchun abonent 1 SMS oladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, tezkor xabarlar va Tas-IX uchun 5ga 1shartida, ya'ni har ijtimoiy tarmoqlar, tezkor xabarlar va Tas-IXdagi 5 MB uchun 1 MB tashqi internet-trafikka ega bo'ladi.
Ucell bilan birgalikda doimo aloqada bo'ling. Xizmat haqida batafsil ma'lumot, shuningdek uyali aloqa operatorining boshqa tariflari
bu erda.