Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell ekologik hashar tashkil etdi
18MAR2021

Ucell ekologik hashar tashkil etdi



Navro'z bayrami arafasida Ucell kompaniyasi navbatdagi ekologik aksiyani o'tkazdi va Toshkent viloyatining O'rtachirchiq tumanida joylashgan va Kompaniya tomonidan otalikga olingan  Axborot texnologiyalarini chuqur o'rganishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktabga 170 tub nastarin nihollari, 40 ta pavlovniya va 10 ta kashtan ko'chatlari ekildi.

Ucell kompaniyasi atrof-muhit muammolariga doim alohida e’tibor ko’rsatadi va bahor kelishi bilan yashil aksiyalarni boshladi. 2019-2020 yillarda Ucell volontyorlari Toshkentdagi beshta park zonalarini ekishda ishtirok etib, 653 ta ko'chat: chinorlar, lenkoran akatsiyasi, pavlovniya va nastarin nihollarini ekishdi. Qarshi va Navoiyda hind nastarinlari va ispan droklarini ekdilar. O'tgan yilning oktyabr oyida Termizda birinchi keng miqyosli ekologik aksiya bo'lib o'tdi, uning davomida Abu Iso at-Termiziy va Al-Hakim at-Termiziyning 1200 yilligi sharafiga 1200 ta kashtan daraxtlari ekildi.

Hashar o'zbek xalqining eng ezgu an'analaridan biridir. Butun mamlakat bo'ylab har yili odamlar ixtiyoriy ravishda yig'ilib jamoat joylarini tozalab, shaharlarning yashil hududlarini obod qilishadi. Ushbu ajoyib an'ana har doim Ucell ko'ngillilarining qalbida o'z o'rnini topgan.



Joriy yilda Kompaniya O'rtachirchiq tumanidagi axborot texnologiyalarini chuqur o'rganishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktab hududida 170 ta tub nastarin nihollari, 40 ta pavlovniya va 10 ta kashtan ko'chatlari ekdi.
Maktab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdan Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq Ucell kompaniyasi tomonidan otalikga olingan.
Ekologik hasharda Ucell kompaniyasining ko'ngillilari va Toshkent viloyati Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. Aktsiya karantin qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshirildi.



Baxtbergen Koldarbekovich Xudayberganov, 3-ixtisoslashtirilgan maktab direktori:

— Bahorda hasharlarni uyushtirish va daraxtlar ekish ajoyib an'ana. Ucell har yili atrof-muhitni muhofaza qilish aksiyalarida qatnashib, Toshkent shahrida va viloyatlarda daraxtlar ekadi. Maktabimiz bu yil daraxtlar ekiladigan maydon sifatida tanlanganidan juda xursandman. Bunday harakatlar jamiyatda atrof-muhitga nisbatan mas'uliyatli munosabatni shakllantiradi, shuningdek, yosh avlodda tabiatga bo'lgan muhabbat va hurmatni kuchaytiradi. Ushbu tashabbus uchun Ucellga minnatdorchiligimni bildiraman. O'z navbatda, daraxtlar yaxshi ildiz otishi va maktabimiz yonida salqin bog’cha paydo bo'lishi uchun barcha kerakli harakatlarni qilamiz.



Sunnat Raxmankulov,"COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi  xodimi:

— Katta daraxtning soyasida sokinlik va osoyishtalikni sezganmisiz? Daraxtlar yonida xotirjamlik va tinchlik hissi paydo bo'ladi. Zamonaviy urbanizatsiyalashgan dunyoda ko'pincha tabiat bilan yolg'iz qolishni xohlaymiz. Kompaniya daraxt ekish tadbirlarini tashkil etayotgani juda yaxshi tshabbus deb o’ylayman. Ularda doimo zavq bilan qatnashaman. Mamlakatimiz ekologiyasiga o'z hissamni qo'shayotganimdan hursandman.

Daraxt turlari landshaft dizayni bo'yicha mutaxassislar va Toshkentni obodonlashtirish bo'yicha agronomlar bilan maslahatlashgandan holda tanlangan. Barcha navlar mahalliy iqlim sharoitlariga to'liq mos keladi. Ko'chatlar kamida uch yosh bo’lib, balandligi esa 2 metr va undan yuqori.

Shunday qilib, birgalikda sa'y-harakatlar bilan 220 ta ko'chat ekildi, ularning soyasi tez orada yozning issiq kunlarda aholini hursand qiladi. An'analarga rioya qilgan holda Ucell barcha ishtirokchilar uchun nonushta uyushtirdi.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.