Hayotingizni yorqinroq, yaqinlaringiz bilan muloqotni esa yanada yoqimli qilish uchun Kompaniyaning menejerlari, texnik-ustalari va xodimlari doimiy ravishda aloqa va xizmat ko'rsatish sifati ustida ishlaydilar. Mijozlarning murojaatlari – biz uchun g'oyalar xazinasi va tarmoqni qulaylashtirishga ilhomlantiruvchi kanal. Shuning uchun sizning fikringiz biz uchun juda muhimdir.
Shu kunlarda "Ucell-Qo'qon" Kompaniyasining savdo va obuna xizmatlari bo'limining boshlig'i Farrux Turdiqulov boshchiligida Kompaniya xodimlari Farg'ona viloyati Furqat tumanidagi “Chilgijida”, “Jangketmon” va “Navbahor” qishloq fuqarolar yig'inlarining abonentlari bilan uchrashdilar.
Xususan, Hamidjon Toshmatov va Farxod Mavlyanov abonentlari Internet tezligini oshirish va 4G o'rnatish iltimosi bilan Kompaniyaga murojaat qilishdi.
Samimiy va ochiq suhbat davomida abonentlarga hozirda tarmoq modernizatsiya jarayonida ekanligi va yangi baza stansiyalar qurilayotgani haqida xabar berildi. Yilning oxirigacha texnik qayta jihozlash natijasida aloqa sifati sezilarli darajada yaxshilanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Furqat tumanida 4G o'rnatish hali rejalashtirilmagan.
Ucell doimo yangi takliflar uchun ochiq va real jarayonlardan habardor bo'lish zarur ekanligiga ishonadi.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilda respublikaning barcha hududlarida uyali aloqa texnik modernizatsiyasi kutilmoqda.
