Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabda 7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tizimdagi tashkilotlar xodimlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlangan xodimlari orasida COSCOM MChJning ma'lumotlarni uzatish tarmog'idan foydalanish bo'limi boshlig'i Anton Lisovoy ham bor.
Ushbu taqdirlash marosimida AKT sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan kompaniya va jamiyatlar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, sohadagi xorijiy va xususiy korxonalari rahbar xodimlari va mutaxassislari Vazirlikning buyrug‘i asosida “Faxriy yorliq”, “Mohir aloqachi” faxriy unvoni, “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar.
Hozirgi tezkor rivojlanish davrida, qayerda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari hayotga izchil tatbiq etilsa, o‘sha joyda o‘sish bo‘ladi. Bu sohaning turli faoliyatlarga joriy qilinishi iqtisodiy o‘sish va davlatning ilmiy-texnik rivojlanishida bosh omil vazifasini o‘taydi.
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biri telekommunikasiya infratuzilmasini barpo etishdir.
Taqdirlash marosimida ishtirok etgan AKT vaziri Sh. Shermatov vazirlikda hamda hududiy boshqarmalar, viloyatdagi tizim tashkilot va korxonalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni ushbu muborak sana bilan qutlab, ularning keyingi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Manba:
Axborot xizmati