Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Vazirlikgda yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12IYN2020

Vazirlikgda yangi o‘rinbosarlar tayinlandi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Pekos Oleg Andreyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O.Pekos shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Shu bilan birga, O.Pekos faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida “Axborot tizimlari va texnologiyalari muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Pekos Oleg Andreyevich 1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Maxsudov Jamol Tilloyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

J.Maxsudov shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

J. Maxsudov faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa institutida “Elektr aloqa muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Maxsudov Jamol Tilloyevich 1972 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan  Egamberdiyev Jamshid Sharifjonovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Olmatov Baxromjon Adxamovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga,Yuldashev Kaxramon Anvardjanovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohasini raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.