Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
ICTEXPO−2019’ning birinchi kuni: Ucell’dan innovatsiya va texnologiyalar
25SEN2019

ICTEXPO−2019’ning birinchi kuni: Ucell’dan innovatsiya va texnologiyalar



16-marta tashkil qilinayotgan ICTEXPO ko‘rgazmasi mamlakatimiz va xorijdagi yuqori texnologiyalar sohasi bo‘yicha eng yorqin vakillarni bir joyga to‘pladi. An’anaga ko‘ra, “Coscom” MChJ kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) ko‘rgazmaning innovatsion yechimlarga ega eng faol ishtirokchilardan biri bo‘ldi. Ucell kompaniyasining ICTEXPO ko‘rgazmasidagi ishtiroki ikkita loyiha taqdimoti bilan boshlandi:

- «Huawei» kompaniyasi bilan hamkorlikda harakatlanuvchi uyali radioaloqa tarmoqlarida yuqori tezlikdagi keng polosali simsiz texnologiyalarning beshinchi avlodi (5G)ni joriy etilishining boshlanishi;\
- Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Amir Temur xiyoboni” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarida TM «Metrotelecom» bilan hamkorlikda «Ucell mobil tarmog‘ining ishga tushirilishi.

Prezidentimizning O‘zbekistonda 5G-mobil aloqa tarmog‘ini joriy etish to‘g‘risidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash doirasida “Coscom” MChJ ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha inqilobiy hisoblangan mobil aloqaning beshinchi avlod texnologiyalari tarmog‘i - 5G’ni sinovdan o‘tkazishni boshladi.

O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda yetakchilardan bo‘lgan Ucell kompaniyasi sentyabr oyida 5G aloqasini sinovdan o‘tkazish uchun ruxsat oldi.
Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining qaroriga ko‘ra, “Coscom” MChJ tomonidan mamlakatimiz hududida 5G texnologiyalari bo‘yicha harakatlanuvchi uyali aloqa tarmog‘ini shakllantirish uchun 3600-3700 MGs radiochastotadagi polosa ajratildi.
Birinchi bosqichda – Toshkentda bir yil muddatga sinov tariqasida foydalanish uchun.
Ikkinchi bosqichda – sinov natijalarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning turli viloyatlarida foydalanish uchun.

5G texnologiyasidan tijorat maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida Huawei kompaniyasi tomonidan eng yangi uskunalar taqdim etildi.

5Gni birinchi sinovdan o‘tkazish jarayoni Ucell’ning Toshkentdagi bosh ofisida bo‘lib o‘tdi. Real sharoitlarda qayd etilgan maksimal tezlik 1 376 Mbit/sekundni tashkil etadi.

Ucell stendi pavilon bo‘ylab tanishuv safari davomida ramziy boshlash tugmachasi bosilib, ko‘rgazma mehmonlariga 5G videolari bilan tanishish va uning imkoniyatlarini sinab ko‘rish imkoniyati taqdim etildi. Ucell stendida VR ko‘zoynaklari ham namoyish etildi. Mehmonlar uning yordamida 5G texnologiyalaridan foydalangan holda virtual reallik bilan tanishdilar.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko‘rgazmaning birinchi kunida Ucell’ning yana bir muhim tashabbusiga start berildi. Bu – poytaxt metrosida 3G va 4G texnologiyali mobil aloqadan foydalanish imkoniyatiga doir loyihadir. Va nihoyat, Toshkent shahrining faxri bo‘lmish yer osti transporti mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniyati yaratildi. Ushbu loyiha «Metrotelecom» bilan hamkorlikda ishga tushirilgan.
Shuningdek, Ucell stendida turli mamlakatlardagi yetakchi kompaniyalar spikerlarining har xil mavzudagi chiqishlari bilan tanishish imkoniyati ham taqdim etildi. Mutaxassislar 5G texnologiyalarini tijoratlashtirish, kompyuter ko‘rish tizimi, IT-startaplarning o‘ziga xos jihatlari va axborot texnologiyalari sohasida karera qilish kabi masalalarda atroflicha ma’lumot berishdi.

Aleksandr Kraynov, Yandeksda kompyuter ko‘rish tizimi va mashina-texnologiyalar bo‘limi boshlig‘i.
“Kompyuter ko‘rish tizimi, 5G”.

Konstantin Kolovskiy, Huawei kompaniyasining marketing va simsiz ishlanmalarni sotish departamenti yetakchi menedjeri.
«5G texnologiyasi: tezkor tijoratlashtirish».

Pavel Rodionov, “Nokia Solutions and Networks Kazakhstan” radiouzatish tarmog‘ida texnik yechimlar bo‘yicha menedjer.
“5Gning pul ishlash usullari. Mumkin bo‘lgan ishlash doirasi va xususiyatlari”.

Jamshid Arslonov, “Nokia Solutions and Networks Tashkent” MChJ radiouzatish tarmog‘ining texnik yechimlar bo‘yicha menedjer.
“5G texnologiyasi. Operatorlar uchun to‘liq yechim”.

Umid Abdusattorov, seriyali tadbirkor, NAPA Edu Hub akademiyasi loyiha rahbari.
“IT - karerasini qurish sirlari”.

Abdullo Xidoyatov, MyTaxi.
“MyTaxi misolida IT startaplarining nozik qirralarini ko‘rib chiqish”.
 
Ko'rgazmada qatnashganlar:
Shuxrat Sodiqov, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri.
Olimjon Umarov, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari.
Vladimir Kravchenko, Coscom MChJ (Ucell savdo belgisi) Bosh direktori v.b.


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.