COSCOM MChJ Kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) har doim ekologik aktsiyalar tarafdori bo′lgan. Shu yilning bahorida biz turli shakllarda Toshkent, Navoiy va Qarshida daraxt va buta ko'chatlarini ekish bo'yicha to'rtta aksiyada qatnashdik.
Vaziyatga qaramay, bahor doim daraxt ekish uchun an'anaviy vaqt bo′lagan. Karantin e'lon qilingandan so'ng, dala va hovli egalari yon atrofda daraxt va gullar ekib, bog'bonchilikga kirishdilar.
Bizning saytimiz o'quvchilariga, 14 mart kuni karantin e'lon qilingunga qadar,
Ucell poytaxtga 132 tup nastarin ko′chatini sovg'a qilganini bilishadi.
Karantin choralari tufayli Kompaniya vaqtincha keng ko'lamli ekologik tadbirlardan voz kechdi. Ammo u shahar aholisiga daraxt sovg′a qilish g'oyasidan voz kechmadi. Ushbu maqsadlar uchun ilgari Ucell Kompaniyasi tomonidan sotib olingan
193 tup nastarin ko'chatlari va Evgeniya Muminovadan bitta ko'chat Toshkent shahrining bosh agronomi Xushnud Yoqubovga topshirildi.
Mirzo Ulug'bek tumani obodonlashtirish bo'limi xodimlari o'z ishlarini a'lo darajada bajardilar. Tushlik paytida #Ucell kompaniyasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'shqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan somsa ularga manzur keldi deb umid qilamiz.
Endi butun Amir Temur 1-tor ko'chasi bo′ylab nastarinlar ekildi.
Navoiyda viloyat filiali xodimlari hamkasblaridan o'rnak olib, ofis atrofida Toshkentdan yuborilgan 25 tup nastarin ekdilar.
Alisher Gapparov, "Ucell-Navoiy" mintaqaviy bo'limi direktori v.b.:
— Xodimlarni iloji boricha himoya qilish uchun biz ko'p odam jalb qilmasdan, ma'muriy boshqarma mutaxassisi bilan birgalikda ko'chatlarni ekdik. Agronomlar tamonidan aytib o′tilgan tavsiyalarga amal qildik. Barcha ko'chatlar ildiz otib va tez orada gullaydi deb umid qilamiz.
Yaqinda esa “Ucell-Qarshi” viloyat boshqarmasi xodimlari Qarshi shahar hokimligining obodonlashtirish bo'limiga 80 ta ko'chat: 40 tup hind nastarini va 40 tup ispan burchoqdoshlar topshirdilar.
Obodonlashtirish boshqarmasi bilan kelishib, Sharaf qo′rg'onining yonida daraxtlar ekishga qaror qilindi, bu erda bugun xiyobon va sayil bog'i qurilmoqda.
Malik Yusupov, "Ucell-Qarshi" mintaqaviy bo′lim direktori v.b.:
— Qashqadaryo viloyati iqlimi keskin kontinental. Yozda havo harorati + 60˚C ga yetishi mumkin, qishda esa quruq sovuq shamol esadi. Bunday sharoitga hamma o'simliklar ham bardosh bera olmaydi. Biz shahar agronomlarining tavsiyalari asosida butalarni tanladik. Ertalab men bilan birga ikkita ofis xodimi kelib, maydonchada ishchilarga yordam berdik. Joy juda yaxshi, tez orada bu erda chiroyli xiyobon va bog 'paydo bo'ladi.
Gullar bilan butalar yildan-yilga Qarshi va Navoiy shaharlari mehmonlarini quvontiradi, degan umiddamiz.
Aktsiyalar mintaqalarda eng kam miqdordagi ishtirokchilar va karantin vaqtining talablarini inobatga olgan holda tashkil etildi.