O’zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyatining Hokimligi yordamida tarbiyasida qiyinchiliklarga duch kelgan bolalarga alohida e’tibor qaratdi. Ular orasida davlat rahbarining farmoniga muvofiq maxsus parvoz orqali urushning qaynoq nuqtalaridan olib chiqilgan bolalar ham bor.
Xayriya tadbirining yosh ishtirokchilarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, tarbiya ishlarini olib boruvchi “Norin” sport va sog’lomlashtirish oromgohida bir qator madaniy tadbirlar bo’lib o’tdi.
To’rtta jamoani tashkil etib, bolalar sport musobaqalarda ishtirok etishdi hamda kechki payt sahnada o’z iste’dodlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Davron Tadjibaev, Namangan viloyati sotuvlar bo’yicha menedjer:
- Bolalar qiyin vaziyatga tushib qolganda, kattalarning ko’proq e’tiborini talab qiladi. Ularni qo’llab – quvvatlash, yordam berish va yo’naltirish bizning vazifamizdir. “Ucell” Kompaniyasi faollik bilan ijtimoiy loyihalarni qo’llab – quvvatlaydi. Bu safar ham biz chetda qolmadik.
Bolalarga Kompaniyaning esdalik sovg’alari topshirildi hamda “Norin” oromgohida o’tkazgan ta’tillari haqida yaxshi xotiralarga ega bo’ldilar.
Barcha tadbirlardan so’ng viloyat Hokimiyati tomonidan bolalarga oldindan bir necha yilga mo’ljallangan ish rejasi taklif etildi. Bu kabi tadbirlar o’smirlarning rivojlanishiga muhim hissa qo’shib, kelajakda o'z yo'lini topishga yordam beradi.
