Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell bilan qad ko`taramiz. Xodimlar va dilerlar Kompaniyada ishlash to'g'risida
12FEV2020

Ucell bilan qad ko`taramiz. Xodimlar va dilerlar Kompaniyada ishlash to'g'risida

"Ucell-Buxoro" mintaqaviy filiali bir necha bor eng yaxshi ofis unvoniga sazovor bo'ldi va to'rt yildan beri xodimlar o'rtasida rejalashtirilgan test sinovlari bo'yicha eng yuqori ko`rsatkichlarni saqlab kelmoqda. Raqamli muhitda muvaffaqiyatning asosi insoniy resurslarga investitsiyalar va aqlli menedjmentda. Xodimlar va dilerlar Kompaniyada ishlash haqida qanday fikrda.



Firdavs Imamov, Ucell-Buxoro mintaqaviy ofisi bosh muhandisi:

— Bizning guruhda 19 nafar ishchi faoliyat olib boradi. Buxoro viloyati bo`yicha bugungi kunda 300dan ortiq tayyanch aloqa uzatuvchi stansiyalar mavjud. Texnik guruhning ssosiy vazifalari barcha uskunalarning uzluksiz ishini ta`minlash, joylarda mumammolar paydo bo`lsa ularni zudlik bilan bartaraf qilish. Elektr ta`minotidan qat`iy nazar stansiyalar 24 soat davomida o`chmasdan ishlashi uchun mobil va statsionar generatorlar mavjud, quyosh pannellari o`rnatilgan. Telekommunikatsiyasi foydalanuvchilari kundan kunga ko`payib bormoqda ekan, Ucell doim zamon bilan hamnafas bo`lishga intiladi va tarmoqlarni kengaytirish bo`yicha doimiy ravishda ishlaydi. Misol uchun ohirgi uch oy davomida Buxoro viloyati bo`yicha 50ta 4G texnologiyasini qo`llaydigan stansiyalarini o`rnatdik.
Kompaniyada 9 yildan beri ishlab kelmoqdaman. Oddiy mutaxassis bo`lib kelgan edim, hozirda bosh muhandis lavoziminiga erishdim.
Guruhimiz bir nechta yangi loyihalar ustida ish olib boryapti, yaqin orada ularning natijasiga guvoh bo`lishingiz mumkin.



Oybek Nosirov, Buxoro viloyati mijozlarga xizmat ko'rsatish guruhi rahbari:

— Kompaniyada 2002 yildan beri ishlab kelaman. Ushbu vaqt davomida kassirdan tortib buxgaltergacha ko'plab lavozimlarda o'zimni sinab ko'rdim. Bugun men Buxoro viloyatida mijozlarga xizmat ko'rsatish gruhining boshlig'i lavozimida ishlayman. Kompaniya menga rivojlanish imkoniyatini berdi, doimo oldinga intilishni o'rgatdi. Bu erda bebaho tajriba orttirdim va hamkasblarim yuzasida haqiqiy oilani topdim. 18 yil ko`p emas, Ucell bilan faoliyatimni davom etaman.



Suxrob Po'latov, Sabina Begim AIR dilerlik firmasi rahbari:

— Birinchi dilerlik punktini 2010 yilda ochganman. O'n yil ichida bitta nuqtadan uchta qildim. Ayni paytda nazoratimda oltita xodim ish olib bormoqda. Men nafaqat baxtliman, balki Ucell uyali aloqa operatorining manfaatlarini ifoda etayotganimdan faxrlanaman. Kompaniya zamon bilan hamnafas: ko'plab tayanch stantsiyalar, keng tarmoq qoplami, yaxshi aloqa. Kompaniya yangi tariflar haqida barcha ma'lumotlarni zudlik bilan taqdim etadi, reklama materiallari bilan ta'minlaydi, o'zi rivojlanadi va dilerlarga rivojlanishga imkon beradi. Kompaniyaning eng yaxshi an'analarida savdo nuqtalarimizda eng yuqori sifatli xizmat ko'rsatamiz. Yaqin kelajakda yana bir nechta yaxshi savdo nuqtalarini ochish niyatim bor. Hozirda mos joylarni qidiryapman.

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.