Yangi yil arafasida, "Ucell-Termiz" mintaqaviy ofisi xodimlarining har yilgi an'analarga ko`ra, 28 dekabr sil kasalxonasi bolalari uchun xayriya aktsiyasi o'tkazildi.
Aktsiyaning maqsadi kattalar e'tiboriga muhtoj bo'lgan va yangi yil mo''jizasini kutayotgan bolalarni qo'llab-quvvatlashdir.
Ushbu an'ana 2012 yildan beri davom etadi. “Ucell-Termiz” xodimlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan bolalar uchun 65 ta shirin sovg'alar tayyorlandi va Qorbobo va Qorqiz bayramni o'tkazish uchun taklif qilindi.
Qorbobo va Qorqiz palatalarga kirib chiqib, kichik bemorlarni kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladilar.
Bobir Xasanov, “Ucell-Termiz” mintaqaviy ofis direktori v.b.:
— "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) Kompaniyasi nomidan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman. Umid qilamizki, kelasi yili bizning yordamimiz va ishtirokimiz ko'proq ko'ngillilarni jalb qiladi. Ushbu yorqin bayram arafasida barcha bolalarga tezroq sog'ayib ketishlarini tilaymiz. Har bir oilani bayram, baxt va yaxshi kayfiyat tark etmasin.
Sil kasalligi shifoxonasining tibbiy xodimlari jamoamizga o'z minnatdorchiligini bildirib, ularga kelayotgan yilda baxt va farovonlik tilab qoldilar.
