Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Joylarda abonentlar muammolari tezkorlik bilan o’z yechimini topmoqda
17OKT2019

Joylarda abonentlar muammolari tezkorlik bilan o’z yechimini topmoqda



“Ucell”ning Markaziy Ofisidan Xorazm viloyatida joylashgan Yangiariqgacha A-380 avtomagistral orqali eng qisqa yo’ldan borganda 13 soat-u 45 daqiqa vaqtni oladi. Yo’l masofasi 975 kilometrni tashkil etadi. Shu sababli, Kompaniya abonenti Yangiariq tumanidagi “Ostona” shaharchasidan Shixnazar Kuryazov Internet tezligining sifati borasida shikoyat bilan bizga murojaat etganda, mutaxassislar uning oldiga Toshkentdan emas, balkim yaqindagina Kompaniyada o’rnatilgan tartibga ko’ra, abonent bilan uchrashish uchun mintaqaviy bo’lim mutaxassislari yo’lga chiqishdi.
“Ucell-Urganch” mintaqaviy bo’lim direktor vazifasini bajaruvchi Ibrat Shixov Shixnazar Shavkatovich bilan uchrashdi.
Uchrashishib, suhbatlashishdi hamda Internet tezligini ham sinab ko’rishdi.

Urganchdan xabar berishlaricha:
“Bajarilgan ishlar natijalariga ko’ra, 3G tarmoq turini tanlash va undan foydalanish nuqtasini sozlash bo’yicha choralar ko'rildi. Ushbu jarayonlardan so’ng, muammo yechim topdi. Abonentga qo’lda kesilgan eski SIM kartasini almashtirib olish tavsiyasi berildi.  Bu ham aloqa sifatiga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkinligi haqida tushintirish ishlari olib borildi.  Shundan keyin tarmoq tezligi tekshirildi. Tekshiruvlar olib borilayotgan vaqtda Internet tezligi soniyasiga 3 Mbitdan 7 Mbitgacha  ekanligi qayd etildi”.

Shunday qilib abonent muammosi tezkorlik bilan hal qilindi va Xorazm viloyati Yangiariq tumanining “Ostona” shaharchasidan Shixnazar Kuryazov xursand bo’lib qoldi.
Aloqa sifati bilan bog’liq hech qanday shikoyati qolmadi. Uchrashuvdan esdalik qolsin deya Shixnazarga korporativ sovg’alar taqdim etildi.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida 143 ta dilerlik punktlari o’z faoliyatini olib bormoqdalar, ulardan 28 tasi mono – ofislar. Mintaqaviy ofisning o’ttiz olti nafar xodimi hududdagi 417 mingdan ortiq faol abonentlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda.    
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.