Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Navoiyda Ucelldan nastarin bog'i
19MAR2020

Navoiyda Ucelldan nastarin bog'i




Navro'z arafasida "Ucell-Navoiy" mintaqaviy bo′lim xodimlari ofis atrofida 25 tup nastarin ko'chatlarini ekdilar.

Ming yillar avval, Yaqin Sharqdagi dehqonlar samoviy jismlarni kuzatib, kun va tun tengligi fasllar almashuvi ramzi ekanligini bilganlar. Ular bahor kirib kelishini va yomg'ir mavsumining boshlanishini keng nishonlaganlar. Navro'zning ko'plab urf-odatlari ilmiy jihatdan isbotlangan hayratli faktlar.

Eng ajoyib an'analardan biri bahorda daraxt ekishdir. O'tgan hafta "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) Toshkentga 132 tup nastarin sovg'a qildi.
Navoiy viloyati xodimlari o′rnak sifatida qabul qilib, “Ucell-Navoiy” ofisining yon atrofida 25 tup nastarin ko'chatlarini ekishdi. Karantin tadbirlari munosabati bilan, Kompaniya keng ko'lamli tadbirlardan voz kechdi va eng kam ishtirokchilar soni bilan kichik ekologik kunlarni o'tkazishga qaror qildi.

Ucellning nastarin gullari ochilgach, go'zal Navoiy shahri yanada chiroy ochadi.


Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.