Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
«O'zbekistonning janubiy darvozasida» uchrashuv
18NOY2019

«O'zbekistonning janubiy darvozasida» uchrashuv



Mijozlarning fikr-mulohazalari mahsulot va xizmatlarni yaxshilash uchun samarali vosita ekanligi ma`lum haqiqat. "COSCOM" MChJ kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) aloqa hamma yerda mavjud va barcha uchun foydali bo'lishini ta'minlashga intiladi. Shu maqsadda viloyat ofislari vakillari doimiy ravishda abonentlarning murojaatlariga binoan joylarga yo`l oladilar. Bu safar uchrashuv Termiz shahrida bo'lib o'tdi.

Termizni "O'zbekistonning janubiy darvozasi" deb atashadi. Shahrdan 12 km sharqda Amudaryo bo'ylab Xayraton (shuningdek, Do`stlik ko'prigi deb ham nomlanadi) piyodalar, avtomobil va temir yo'l ko'prigi joylashgan. Har kuni yuzlab odamlar, mashina va yuk poezdlari ko'prikdan o'tishadi. Uzluksiz aloqa mintaqada strategik ahamiyatga ega.

Murojaat Termiz shahrining “Atirgul” ko'chasida yashovchi Xalil Qurbonovdan kelib tushdi. Uning so'zlariga ko'ra, aloqa signali, shuningdek, shaharda Internetga ulanish tezligi past. Nosozliklarni bartaraf etish va yangi stantsiyalarni o'rnatishni so`raymiz. Murojaatga "Ucell-Termiz" viloyat bo'limi javob berdi.

Bobir Xasanov, "Ucell-Termiz" viloyat filiali direktori v.b.:

— Keyingi yilda biz yangi baza stantsiyalarini o'rnatishni rejalashtirmoqdamiz, bu tarmoqning hozirgi holatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Loyiha ustida ishlar hozirda amalda. Shuningdek, texnik xodimlar guruhi obunachining turar joyi bo`yicha uskunaning yaroqliligini tekshirish va profilaktika ishlarini olib borish uchun yuborildi.

Halil murojaat uzasidan vaqtida javob berganlari uchun xodimlarga minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuv yakunida Kompaniyaning esdalik sovg'alari taqdim etildi. Bularning barchasi, Bill Geyts aytganidek: "Eng muhimi, mijozlar bilan yaqin munosabatlarni o'rnatish va olingan ma'lumotlaridan doimiy ravishda saboh olish".

“Ucell-Termiz” ning viloyat filialida 33 nafar xodim 325 mingdan ortiq abonentlarga xizmat ko'rsatadilar. Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 183 ta dilerlik punkti muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan 42 tasi "Ucell" mono-brendli ofislari.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.