Bugun Ucell Plazaning bosh ofisida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida O'zbekistonda telekommunikatsiya sohasini yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, "COSCOM" MChJ Kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) istiqbollari muhokama qilindi.
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Prezident YeTTB bilan jadal rivojlanib borayotgan munosabatlar va o'zaro manfaatli hamkorlik potentsialini qayd etdi.
Bugungi kunda O'zbekiston va YeTT o'rtasida hujjatlar imzolangan bo'lib, ular asosida iqtisodiyotning bir qator tarmoqlari, jumladan, axborot—kommunikatsiya texnologiyalari sohasida modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda bank mutaxassislari respublika bo'ylab davlat tashkilotlariga tashrif buyurmoqdalar.
Bugun bosh director v.b. Vladimir Kravchenko boshchiligida Kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda qatnashganlar:
— Devid Risser, YeTTB maslahatchisi;
— Dmitro Yablonovskiy, YeTTB maslahatchisi;
— Bekzod Toshmuxamedov, YeTTB maslahatchisi;
— Iveta Simane, YeTTB maslahatchisi;
— Feruza Tolipova, YeTTBning iqtisodiy bo'lim yordamchisi;
— Eldor Sultonov, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
— Bekchanov Ruslan, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
— Abbos Usmonov, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Uchrashuv davomida istiqbol rivojlanib borayotgan telekommunikatsiya sohasi yuzasidan keng fikr almashildi.