Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
“Ucell”ning “Xazilkeshler” blogi asoschisi bilan uchrashuvi
11OKT2019

“Ucell”ning “Xazilkeshler” blogi asoschisi bilan uchrashuvi



Islom Tlepov Qoraqalpog’istonning Qanliko’l tumanida yashaydi va 2013 yil yanvar oyidan beri Ucell uyali aloqasidan foydalanadi. Nogironligi tufayli ba’zi imkoniyatlari  cheklanganligiga qaramay, Islom faol fuqaro sifatida o’z o’rniga ega va shaxsiy blog sahifasini yuritib keladi.

U har kuni “Xazilkeshler” kanalida kulgili voqealar va ajoyib memlar joylashtirib, o’z obunachilariga quvonch ulashadi. Uning so’zlariga ko’ra “Bo’ston” mahallasiga 3G olib kelish 2018 yilda va’da berilgan edi. U bir necha bora tarmoqni ulab bering deya murojaat qilgan, ammo “kuting” so’zidan ortiq hech bir javob olmagan.

“Ucell-Nukus” mintaqaviy bo’lim xodimlari Tlepov bilan tezda bog’lanishdi va viloyat markazi rahbari Bayram Jumagulov boshchiligida bloger Tlepov va “Bo’ston” qishloq fuqarolar yig’ini oqsoqoli Baxtiyor Ajiniyozov bilan uchrashdilar. Suhbat yaxshi va do’stona kayfiyatda bo’lib o’tdi. Abonentlarga ayni ular hududida bog’lanish sifatini oshirish bo’yicha Kompaniya tomonidan barcha o’tkazilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.
Kompaniya rahbariyati tomonidan Islomga esdalik sovg’alari topshirildi va 3G o’rnatilganidan so’ng yana bir bor kelib aloqa sifatini tekshirib ketish haqida va’da qildilar.

Islom Tlepov o’z blogida habar bermoqda:
- Do’stlarim ko’magi bilan murojaatimiz o’z manziliga yetib bordi. Bugun “Ucell-Nukus” mintaqaviy bo’lim rahbari Bayram aka Jumagulov hamda aloqa xodimlari kelib arizamiz o’rinli ekanligini tasdiqlashdi. Ushbu masala yaqin bir-ikki oy ichida yechim topishi haqida aytishdi. Bildirilgan e’tibor uchun “Ucell” Kompaniyasiga ko’pdan-ko’p minnatdorchilik bildiraman.


Shu vaqt ichida texnik guruh allaqachon o’z ishini boshlab yubordi. Mavjud diapazonda soniyasiga 75 MB tezlik kutilmoqda.

“Ucell” o’z abonentlarini qadrlaydi. Bu kabi uchrashuvlar mamlakatimizning turli viloyatlarida ham bo’lib o’tmoqda va ijobiy natija ko’rsatmoqda. Kompaniya rahbariyati esa mijozlar bilan uchrashib joylarda muammolarni hal qilishni davom ettirmoqda.

Hozirgi kunda Qoraqolpog’istonda 150 ta dillerlik punktlari mavjud, ulardan 20 tasi Ucell mono-brendli punktlar. Ofisda 31 ta xodim  ishlaydi. Ular 450 nafar abonentga xizmat ko’rsatadi.


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.