Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Guliston va Jizzaxdagi uchrashuvlar
20NOY2019

Guliston va Jizzaxdagi uchrashuvlar



Abonentlar butun mamlakat bo’ylab sochilgan payt, Toshkentda o'tirib barcha jarayonlardan xabardor bo’lish qiyin.  Eng avvalo viloyatlarga, yurtimizning chekka burchaklariga bosh direktor yo'l oldi. "Men kabi harakat qil" tamoyili ishga tushdi. Shu tariqa bosh direktorning o'rinbosarlari doimiy ravishda abonentlar bilan uchrasha boshladilar. Viloyat rahbarlari obunachilar bilan doimo aloqada ekanliklari haqida aytmasak ham bo’laveradi. "Kompaniya yangiliklari"ni o'qib tursangiz: deyarli har kuni O'zbekistonning biron bir mintaqasidagi yangiliklarni ko’rasiz.

Xodimlarni boshqarish departamenti direktori Aziz Karimov va xodimlarni baholash bo'limi boshlig'i Otabek Ataxanov ham birgalikda barcha viloyat ofislariga ro’yhat bo’yicha tashrif buyurishni boshladilar. Xodimlar bor joyda, odamlar bilan ish bor joyda esa matbuot xizmati ham bor. Kompaniya xodimlari va uning sheriklari bilan uchrashish imkoniyatidan foydalanmaslik gunoh bo’lar edi.
Birinchi safar — Ucell-Guliston va Ucell-Jizzaxning viloyat ofislariga.

Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi uchrashuvlar.



Bahodir Umarov, “Ucell-Sirdaryo” viloyat ofisining bosh muhandisi:
— Hozir mening boshchiligimda 16 kishi ishlaydi. Texnik guruh Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari abonentlariga xizmat ko'rsatadi. Biz ushbu hududlardagi 130 baza stansiyalarining yaroqligini kuzatamiz. Texnik guruhning barcha muhandislari ixtisoslashgan ma'lumotlarga ega.
Bizning asosiy vazifalarimiz:
• Baza stansiyalarning foaliyatini ta'minlash;
• Stansiyalardagi barcha nosozliklar va avariyalarni imkon qadar tezroq bartaraf qilish;
• Uzluksiz ulanishni 100% ta'minlash;
• Faol va passiv texnik profilaktika o'tkazish. Uskunalar bilan bog'liq bo'lgan barcha narsa faol qism deb hisoblanadi. Ishning qolgan qismi passiv profilaktikaga kiradi, masalan, simlar tarangligini ta’minlash, hech narsa zanglamasligi uchun romlarni bo'yab turish kerak. Buning ichiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib turadi ham kiradi. Biz elektr kontaktlarini tortamiz, agar kerak bo'lsa, mashinalarni o'zgartiramiz.



Baxodir Tashpulatov, diler:
— Ucell Kompaniyasi bilan 12 yildan beri xamkorlik faoliyatini olib boryapman. Rivojlanish yaxshi, har bir dillerga, har bir tarifga bo’lgan munosabati yaxshi. Albatta, har bir Kompaniya singari past balandi bo’lib turadi.
Muammolar yo’q emas. Hammaga sifatli aloqa kerak. Aloqa sifatli bo’lsa bizning ishimiz xam yuzaga chiqadi. Ba’zan, abonentlarning noroziligiga nima taklif qilishni bilmaymiz. Muammolar ko’p bo’ladi ularni biz joylarda hal qilamiz, ammo aloqa bilan bog’liq muammoni biz yecha olmaymiz. Bir yil bo’lyapti ikki yil bo’lyapti yomonlashsa yomonlashyapti lekin yaxshi bo’lmayapti. Ochig’ini aytsam shunaqa.



Ruslan Urunov, “Ucell-Guliston” mintaqaviy bo’lim direktori v.b.:
— Sirdaryo bo’yicha hozirda 84 dilerlik punktimiz bor, 46 shartnomamiz bor, mono brend 8ta (har bir tumanda ochilgan). Qo’ldan kelgan texnik muammolarni Gulistondagi texnik guruh hal qilyapti. Reja bor, keying yil 35 yangi sayt qurishga tayyormiz, hozirda joy qidiryapmiz.
Yangiyer tomonida 2 yangi 4G stantsiya qurildi, yana 2 joyga stantsiya o’rnatish uchun xokimiyatdan ruxsat oldik.
Gulistonda beshta 4G stantsiya o’rnatdik, keying yilda butun shaharni 4Gga o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Jizzax viloyatidagi uchrashuvlar, Jizzax shahri.



Jahongir Fozilov, "Ucell-Jizzax" mintaqaviy bo’lim direktori v.b.:

— Har chorakda biz barcha dilerlarni yig'amiz va abonentlarning ehtiyojlari va shikoyatlari bilan bog'liq muammolarni muhokama qilamiz. Shuningdek, dilerlarning savdo va abonent bazasini ko'paytirish usullari bo'yicha takliflarini tinglaymiz. Biz ushbu takliflarni ko'rib chiqamiz, umumlashtiramiz va ularni bosh ofisga yuboramiz. Takliflarning 90% amal topadi desam adashmayman. Bu samarali. Dilerlar va abonentlar mamnun. Bugungi kunda Internetga ulanish tezligi bilan bog'liq muammolar mavjud. Menimcha, bu muammo keyingi olti oy ichida hal qilinishi kerak.
Biz shuningdek, elektr energiyasi bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lgan qiyin joylarda 8 ta quyosh panelini o'rnatdik. Ulardan to'rttasi hozirda ishlamoqda. Quyosh panellari samarali va zarurdir. Ular akkamulyatorlarga quyosh energiyasini yig’adilar. Chiroq o’chib qolgan payt ular taxminan 6 soat davomida aloqani ta’minlab tura oladilar.  Shuningdek, hududlarda 4 ta generator ham o'rnatilgan.
Bugungi kunda Jizzax viloyatida 130ta dilerlik punkti mavjud. Ulardan 16tasi pochta aloqasi bo'limlari, 11tasi uyali aloqa operatorlari, bitta o'rta va uchta mobil kiosklar bor. Ular strategik gavjum joylarda joylashgan. Bugungi kunda viloyatda keng ko'lamli qurilish ishlari olib borilmoqda, bozorlar kengaymoqda va yangi "Obod qishloq" uylari qurilmoqda. Shu munosabat bilan dilerlik punktlari sonini ko'paytirishni rejalashtirmoqdamiz.
Hozirgi kunda Ucell kompaniyasining abonent bazasi va stantsiyalari soni raqobatchilardan oldinda.



Jizzaxga ham sayohat mazmunli o’tdi.
Kadrlar bo'limi mutaxassislari xodimlar bilan suhbatlashgan vaqtda, men kichik market-visit uyushtira oldim.



Muhammadjon Norkuziev, diler:

— Bizning ofisimiz Eski shahar buyum bozorida standart mono brend tochka bo’lib 1 yanvar 2016 yilda ochilgan. Hudo hohlasa 2020 yil ochilganimizga to’rt yil bo’ladi.
Qabulimda hozirda barcha onlayn bazada mavjud raqamlar bor. Misol uchun, siz kelib shu yerda raqamni ko’rdingiz va buyurtirdingiz. Biz har kuni kechki soat oltigacha ishlaymiz, boshqa punktlar kechgacha ishlashi mumkin. Baza barcha yerda bir hil bo’lgani sababli ertalabgacha raqam sotilib ketilishi ehtimoli bor.
Bu vaziyatdan qanday chiqish mumkin? Bilmasam, mono punktlarga alohida baza kerak demayman. Yo’lda ko’rgan bo’lsangiz kerak, mayda mayda punktlar bo’r. Ularda klient so’ragan raqam yo’q bo’lsa, bizning ofisimizga ularni yuborish mumkin. Ammo mono bilan multi punktning bazasi bir hil. Onlayn baza bo’lgani sababli, bu biznes — kim ulgursa g’alaba shuniki bo’ladi. Mono punktlarning raqobatdoshligini oshirish kerak.
1 sentyabrda mukofotlarda ancha muncha o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Oldinlari 1000 raqam sotilsa ham 5 raqam sotilsa ham — bir hil miqdorda oylik to’lanardi. Hozirda qancha ko’p raqam sotsam, daromat shunga qarab oshib boradi. Barcha keltirilgan daromat miqdordan 35% bizga ajratib beriladi. Shu oy farqni sezdim.

Keyingi safar — Samarqandga.




 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.