Samarqand viloyatining ko'plab aholisi Ucell uyali aloqa operatoriga dunyo bilan bog'lanish masalasini ishonadi va faol foydalanuvchilar qatorida xizmatlar sifatini yaxshilashga hissa qo'shadilar. Shu kunlarda viloyatning Ishtixon va Qo'shrabot tumanlarida yana ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi. Kompaniyada yaqinda o’rnatilgan tartibga ko’ra, "Ucell-Samarqand" mintaqaviy bo'lim direktori vazifasini bajaruvchi Kamol Muhamadiyev boshchiligidagi mutaxassislar guruhi uchrashuvga jo'nab ketishdi.
Ishtixon tumani “Beshbola” mahallasida yashovchi Begali Imomqulov yangi baza stansiyasini qurish murojati bilan chiqdi. Uning so'zlariga ko'ra, qishloq aholisining aksariyati Ucell xizmatlaridan foydalanadi va mahalla yangi uskunalar o'rnatilishi rejalashtirilgan hududlar ro'yxatiga kiritilishini istaydi.
Yana bir murojaat Samarqand viloyatining Qo'shrabot tumani, “Kiykim” mahallasidan G'ayrat Bobobekov tomonidan kelib tushdi. G'ayrat aka Internetga ulanish sifati haqida shikoyat va yangi 3G baza stantsiyasini o'rnatish iltimosi bilan chiqdilar.
Kamol Muhammadiev va uning hamkasblari mijozlarning har biri bilan uchrashishdilar. Samimiy va ochiq suhbat davomida xodimlar abonentlarga yangi baza stantsiyalarini o'rnatish tamoyillarini, shuningdek, Samarqand viloyatida uyali aloqani rivojlantirish rejalari haqida tushuntirish berishdi. Uchrashuv esdalik korporativ sovg'alarni topshirish bilan yakunlandi.
COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) xitoylik ZTE va Huawei sheriklari bilan birgalikda tayanch stantsiyalarning texnik jihozlarini modernizatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli loyihani amalga oshirishga kirishdi. 2020 yil oxiriga kelib, hatto mamlakatning chekka hududlarida ham sezilarli o'zgarishlar va ulanish sifatining yaxshilanishi kutilmoqda.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida "Ucell" ning faol foydalanuvchilari soni bir milliondan oshadi. Viloyatda uzluksiz aloqa va tezkor xizmatlarni ta'minlash uchun 227 ta dilerlik punkti mavjud bo'lib, ularning 60 tasi mono-ofislardir. Viloyat idorasida 48 xodim foaliyat ko'rsatmoqda.