"COSCOM" (Ucell savdo belgisi) MChJ kompaniyasining hududiy rahbarlari abonentlarning murojatlariga asosan muntazam tashriflarni davom ettirmoqdalar. Yanvar oyida Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Buxoro viloyatida kompaniyaning virtual qabulxonasiga Buxoro shahri, Kunji Qala ko'chasi manzilida yashovchi Surat Shomurodovdan internetga ulanish tezligi bo`yicha shikoyat kelib tushdi. Murojaat bo`yicha 21 yanvar kuni mintaqaviy ofisdan amaldagi direktori Mehridin Muxamedov boshchiligida yo`lga tushdilar.
Shu kun Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ham yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi. «Chig'atoy» qishloq fuqarolar yig'inidan Abdulatif Turg'unov aloqa sifatini yaxshilash to'g'risida iltimos bilan chiqdi. Kompaniya nomidan u bilan “Ucell-Samarqand” ofisining amaldagi direktori Kamol Muxamadiev suhbatlashdi.
Qashqadaryo viloyatida shu kunlarda ikkita aholi punktlaridagi vaziyatni o'rganib chiqdilar. Belgilangan manzillar bo`yicha amaldagi mintaqaviy ofis direktori Malik Yusupov va bosh muhandis Mansur Eshmuratov otlandilar. Yo`nalishdagi birinchi manzil Kasbiy tumani edi. Arizachi – Xojiakbar Nurillaev. “Ovozli aloqa sifatidan mamnunman, ammo Internet tezligida nosozliklar bor” – deydi Xojiakbar. Ikkinchi uchrashuv Koson tumanida Muhammad Anvarov bilan bo'lib o'tdi. U ham Internet ulanish tezligini oshirishni so'raydi. Bugungi kunda tumanda 3G qo'llab-quvvatlanadigan baza stansiyasi mavjud. Biroq, abonent bozor yaqinida yashagani sababli ayni vaqlar tarmoqda tirbandlik kuzatiladi va internet tezligi pasayib ketadi. Texnik jixozlarni yangilash kerak.
Har bir uchrashuv davomida tarmoqni kengaytirish va 3G-4G-ni qo'llab-quvvatlovchi translyator uskunalarini o'rnatish masalalari bo'yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Ucellning 2020 yilga mo'ljallangan dastlabki rejalari haqida qisqacha suhbat olib bordilar. Har bir mintaqaviy filialda mobil aloqani modernizatsiya qilish dasturlari tasdiqlangan. Ish boshlandi.
.jpg)