Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
"O'zbekiston Mehr-shafqat va Salomatlik" jamoat fondiga yordam beramiz!
16APR2020

"O'zbekiston Mehr-shafqat va Salomatlik" jamoat fondiga yordam beramiz!



Har birimiz qarindoshlarimiz va yaqinlarimiz sog'lig'i va farovonligi uchun tashvishlanib yashayotgan ushbu kunlarda, ayniqsa yordamga muhtoj bo'lganlarga yordam berish juda muhim: dori-darmonlar bilan, oziq-ovqat, mablag’, parvarish.
Biz bilamizki, Kompaniyada mutlaqo begona insonlarga yordam qo’lini cho’zadigan odamlar ko'p. Bu hurmatga loyiqdir. Koronavirusga qarshi kurashda O'zbekiston hukumatiga markazlashtirilgan moliyaviy yordam ko’rsatishni "O'zbekistonning mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondi amalga oshirmoqda - "O'zbekiston mehr-shafqat va salomatlik" fondi 1988 yildan beri respublikada muhtoj odamlarga yordam ko’rsatib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi joylarda ishlarining samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlaganidek, qisqa muddatda fuqarolarimiz, davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 50 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazilgani – elimizning mazkur xavf-xatarga qarshi yelkama-elka kurashishga tayyor ekanligining yorqin isboti.
– Mana shunday og‘ir sinov damlarida ko‘pmillatli xalqimiz sarosima va vahimaga tushmasdan, aksincha, chetdan kelgan bu baloning tezroq o‘tib ketishiga, hademay yaxshi kunlar kelishiga ishonib, o‘zining mustahkam irodasi, mehr-oqibati va hamjihatligini yana bir bor namoyon etmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugun o'nlab va yuzlab, davlat, xususiy, jamoat tashkilotlari, minglab O'zbekiston Respublikasining oddiy fuqarolari fond hisobiga
53 milliard 370 million 743 ming so‘m o’tkazishdi.

Bu yerda ro'yxatdan o'tganlar orasidagi tashkilotlar, shuningdek, ishchi xodimlar bir kunlik daromadlarini o’tkazib berishdi: Coca-Cola, Anglesey Food, Artel, Akfa, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti xodimlari, «O'zbekinvest», Tennis federatsiyasi xodimlari, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, Davlat bosh prokuraturasi xodimlari, O'zbekiston Milliy universiteti o'qituvchilari, prezident xavfsizlik xizmati xodimlari, "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati va boshqalar.

COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) jamoasi doimo o'zini jamiyatning ijtimoiy mas'uliyatli fuqarosi deb biladi va qabul qiladi.
Biz har doim mamlakatning barcha muhim ijtimoiy loyihalarida ishtirok etganmiz va ishtirok etamiz.
Bugun ham biz chetda qarab turmaymiz.
Biz ham fond hisob raqamiga mablag’ o'tkazishimiz mumkin va o’tkazamiz.
Har kim o'zi mablag’ miqdorni belgilaydi.
Buni amalga oshirish juda oson. PayMe yoki Click orqali "Xizmatlar uchun to'lov / Xayriya" bo'limida, fond hisob kartasiga o’tkazish yo’li bilan.
Besh ming so’mdan besh million so’mgacha o’tkazish mumkin.
Odatda bir kunlik ish haqini o’tkazishadi. O’zingizga hisoblab olish oson bo’ladi.



“O’zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondinin rekvizitlari:
Ipoteka Bank:

8600 3329 9742 5800

Bank nomi: “Ipoteka bank”, “Mehnat” bo'limi (filial);
MFO: 00 423, INN: 200 897 248, OKONX: 98 600.
Manzil: 100027, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Furqat ko’cha, 1 uy.
Telefon: 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59;
Elektron manzil: mehr@info.uz.

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.