Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Navro‘zing – yangi kun, yangi davring muborak, jonajon O‘zbekistonim!
16MAR2020

Navro‘zing – yangi kun, yangi davring muborak, jonajon O‘zbekistonim!



Shanba, 14 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbiri o‘tkazildi. OOO COSCOM (Ucell savdo belgisi) tabirni o′tkazishda ishtirok etgan aksiyadorlik kompaniyalardan biri bo′ldi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad - yasharish va yangilanish, yaxshilik va bag‘rikenglik, ezgu qadriyat va an’analar bayrami - Navro‘zi olamning ruhi va falsafasini, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida belgilangan ushbu ayyomning beqiyos ahamiyatini keng targ‘ib qilish, Navro‘z kunlarida inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga mehr va e’tibor yaqqol o‘z ifodasini topishini ko‘rsatib beradigan, atrof-muhitni, uning ne’matlarini asrab-avaylash, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishdir.



Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri davomida Respublika hududlariga xos urf-odat va an’analar asosida ko‘rgazma, sumalak sayli, “Kitob yarmarkasi”, folklor guruhlari, sirk san’ati vakillari, iste’dodli estrada san’atkorlarining chiqishlari, milliy taomlar ko‘rik-tanlovi, turli sahna ko‘rinishlari, milliy raqs va xalq o‘yinlari musobaqalari tashkil qilindi.

Shu kuni tadbir ishtirokchilari milliy kurash, qo‘lda kuch sinashish – arm restling, varrak uchirish, tosh ko‘tarish arqon tortish, masofaga yugirish, quvnoq startlar kabi sport turlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi.
Ko‘rik-tanlov va musobaqalar g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandi.


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.