Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
O‘zbekiston GovTech yetuklik indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi
21NOY2022

O‘zbekiston GovTech yetuklik indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi



2022-yil 16-noyabrda Jahon banki guruhi tomonidan “GovTech Maturity Index 2022” hisoboti e’lon qilindi, unga ko‘ra, O‘zbekiston 198 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi (2020-yilga nisbatan +37 pog‘ona yuqori)va davlatni raqamli transformatsiyalash hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi yetakchi davlatlar “A” guruhiga kiritildi. Mazkur guruhga 69 ta davlat kiritilgan bo‘lib, yetakchi pog‘onalarni Koreya Respublikasi, Braziliya va Saudiya Arabistoni egallagan.

Ma’lumot uchun, GovTech tashabbusi raqamli transformatsiya bo‘yicha islohotlar va dasturlarni qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish hamda davlat va aholi o‘rtasidagi elektron hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida 2020-yildan boshlab e’lon qilinadi.

Jahon banki guruhining GovTech dasturi raqamli hukumatga kompleks yondashuvni aks ettiradi va to‘rtta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, ular loyihalar, baholashlar va siyosiy muloqotlar orqali amalga oshiriladi. Baholash Asosiy hukumat tizimlari indeksi (Core Government Systems Index), Davlat xizmatlarini ko‘rsatish indeksi (Public Service Delivery Index), Fuqarolarning raqamli ishtiroki indeksi (Digital Citizen Engagement Index) va GovTech faollashtiruvchilari indeksi (GovTech Enablers Index) ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, “GovTech Enablers” indeksiga ko‘ra, (Institutsional qo‘llab-quvvatlash) mamlakatimiz dunyoda 4-o‘rinni egalladi (2020 yilga nisbatan +65 pog‘ona yuqori). Ushbu ko‘rsatkich raqamli hukumat va davlat xizmatlari uchun doimiy qulay muhit yaratilishi, raqamli ko‘nikmalar sohasida moslashuvchan yaxlit hukumat yondashuvini o'rnatish, davlat institutlari, qonunlar himoyasini ta’minlash bilan tavsiflanadi.

O‘zbekistonning ushbu GovTech etuklik indeksidagi o‘rni mahalliy raqamli mahsulotlarni rivojlantirish va raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini ochib beradi.
 
Manba: https://mitc.uz/uz/news/view/4218
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.