Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell haqida rasmiy ma'lumot
20MAY2020

Ucell haqida rasmiy ma'lumot



"COSCOM" MChJ ("Ucell" savdo belgisi ostida faoliyat olib boruvchi uyali aloqa operatori) –  100% davlatga tegishli kompaniya.

Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Iman Karimovlarning maktublari tarqalib va muhokama qilindi.

Ushbu maktubda, xususan, G.Karimova go'yo "Ucell" aktsiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan. Ikkala bayonot ham mutlaqo haqiqatga to′g′ri kelmaydi.

2018 yil 5 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qo'llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi 215 million AQSH dollariga, COSCOM kompaniyasining Telia guruhi oldida bo’lgan 485 million AQSh dollari atrofidagi qarz majburiyatlari bilan birgalikda sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aktsiyalariga aloqasi yo′qligi aniqlangan.
 
Shunday qilib, 2018 yil dekabr oyida, O'zbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOMni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOM-ni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga qat'iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan.

Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz O'zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasida ilg'or texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy etakchiga aylandi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.