Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucellda ochiq eshiklar kuni
20DEK2019

Ucellda ochiq eshiklar kuni



Ucell Plaza bosh ofisida Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo'lib o'tdi.
Talabalar kompaniyaning ofisiga tashrif buyurib, uning hayoti, ilhomlanishi va ish jarayoni qay tarzda kechisi haqida bilib oldilar.

Odatda ofisdagi ishi qanday tasavvur qilamiz? Hujjatlar, kompyuterlar va ishbilarmon  kostyumlardagi hamkasblar. Bularning barchasi to'g'ri bo'lishi mumkin, ammo bu aniq Ucell haqida emas. Kompaniyada 12 ta boshqarmadan iborat bo'lib, ularning har birida bir nechta bo'limlar mavjud.
Umuman olganda, "Ucell" da bir yarim mingdan ortiq xodim faoliyat ko`rsatadi. Ish qiyin, ammo juda qiziqarli. Kompaniyaning siri nimada?

Hamma gap kayfiyatda. Kompaniya ijobiy munosabat va jamoaviy ruhni saqlashga intiladi. Turli tadbirlar va aktsiyalar bunda yordam beradi. Bu nafaqat loyihalar bo'yicha birgalikdagi ishlar, balki daraxtlarni ekish, bolalar uchun yangi yil bayramlarini tashkil qilish, korparativlar, ishchilarni qo'llab-quvvatlash va ko`plab boshqa tadbirlar.

Hamma gap jamoada. Orzularingizni amalga oshirishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi Kompaniya va jamoa!

Hamma gap bizda. Call-markaz operatorlari muntazam ravishda o'z malakalarini oshirib, boshqa bo'limlarga o'tishadi. Ko'pgina bo'lim boshliqlari oddiy muhandis yoki call-markaz operatori sifatida ishlashni boshlaganlar.
Talabalar bilan TATU bitiruvchisi, hozirda Ucell xodimi o'z muvaffaqiyat tarixi bilan o'rtoqlashdi.
     


Shuxrat Begaliyev, tarmoqni boshqarish markazi bo'lim boshlig'i:

— Birinchi kurs talabasi bo`lib turib call-markaz operatori sifatida faoliyatimni boshlagan edim. Ish va o'qishni birlashtirish qiyin vazifaga aylandi. Kuniga ikki soat uxlagan kunlarim bor edi, charchaganimdan ba`zida tushkunlikkga tushardim. Faqatgina yaqinlarim va rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi tufayli menhozir oldingizda turibman. Bugungi kunda bo'lim boshlig'iman va zimamda butun boshli mutaxassilar guruhi. Kelajagingiz faqat sizning qo'lingizda, intiluvchan bo`ling va muvaffaqiyatga albatta erishasiz.

Mehmonlar uchun ekskursiya tashkil etildi. Va, albatta, u texnologiyalar bo'limi — uyali aloqaning qalbidaan boshlandi.
Bo'lim abonentlarni bir-biriga ulash, tayanch stantsiyalarni o'rnatish, tarmoqni yangilash, texnik vositalarni ishlatish va qo'llab-quvvatlash ishlariga javob beradi. Bu yer axborot texnologiyalarining haqiqiy gurulari maskani. Yoshlar Mobil tarmog’ini ekspluatatsiya qilish bo’limi boshlig'i Mirsaid Mirfayziev, Tarmoqga ulanishni rivojlantirish bo’limi boshlig`i  Nasretdin Saliev va boshqa mutaxassislar bilan shaxsan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ishchilar orasidan kimdir "Hamma bizniki ekanku!" deb qichqirdi. Ko'p xodimlar, shu qatorda "Ucell" bosh direktori ham bir vaqtlar aloqa universitetining bitiruvchisi bo`lganlar.

Sherzod Po'latov, dotsent, "Mobil aloqa texnologiyalari" kafedrasi mudiri:
— Men o'zim hanuzgacha kompaniyaning barcha bo'limlarida bo'lmaganman. Talabalar uchun ekskursiya juda qiziqarli bo'ldi. Ular Kompaniya faoliyatining guvohlari va ishtirokchilariga aylandilar, jarayonni ichidan tamosha qilishga muvaffaq bo'ldilar. Shunday qilib, yoshlar o'zlarini kelajakdagi ishlarga tayyorlashlari, tayyanch topib oldinga intilishlari mumkin. Ertaga, agar ular ushbu Kompaniyaga kelishni maqsad qilsalar, ma'lum bilimlar bazasini tayyorlab, keladilar.

Sakkizinchi qavatda bo'lajak aloqachilar xodimlarni boshqarish departamenti direktori bilan uchrashishdi. Departament kata etibor bilan, bosqichma-bosqich xodimlarni ishga qabul qiladi. Kompaniya kuchli korporativ madaniyatga ega. Har bir abonent bilan bir qatorda, Ucell har bir xodimni qo'llab-quvvatlaydi va qadrlaydi. Kompaniyada 20 yildan ortiq vaqt davomida ishlayotgan mutaxassislar bor.

Aziz Karimov, Kadrlar xodimlarni boshqarish departamenti direktori:
— Uyali aloqa bozorida juda kuchli raqobat mavjud. Uni velosipedga qiyoslash mumkin, to'xtab bo`lmaydi, doimo pedani aylantirish kerak — aks holda yiqilasiz. Ikki yil oldin odamlar 4Gga xursand edilar, hozirda 5G haqida gaplashmoqdamiz. Bugungi kunda texnologiyalar departamentida 600 dan ortiq xodim ishlaydi. Ko'pchilik muhandislarning ishi oddiy deb o'ylaydi. Ammo ish oson emas: muhandislar “dalada” ishlaydilar: asosiy stantsiyalarni o'rnatadilar, uskunalarni ta'mirlaydilar va aloqani o`rnatadilar. Men TATU bitiruvchilariga: harakat qiling, o'qing va intiling deya olaman. Ucell sizga betkror tajriba berishi mumkin. Keling: biz tanlov asosida eng yaxshilarni ishga jalb qilamiz.

Talabalar, shuningdek, Biznes sheriklik menejmenti xodimlari bilan uchrashdilar va Kompaniyada amaliyot o'tash imkoniyatlari to'g'risida, muvaffaqiyatli martaba uchun zarur bo'lgan kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'ldilar.

Aziza Mirabidova, TATU magistratura talabasi:
— Universitetda darslar asosan nazariyalardan iborat. Bugun biz amaliyot nima ekanligini, ish nima ekanligini chindan ham his qildik. Misolllar yordamida Kompaniyada o'sish va rivojlanishi mumkinligini angladik va iqror bo`ldik. Men magistratura bosqichining birinchi til talabasiman va bugungi kun yirik kompaniyalar tomonidan tashkillashtirilgan birinchi bu kabi tadbir. Ko'proq talabalar jalb qilinishini, istiqbollar shu yerda, mamlakatimizda ekanligini ko'rsatilishini istardim.

Shunday qilib, "Ochiq eshiklar kuni" kompaniyada foydali va qiziqarli bo'lib o`tdi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.