Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ochiq eshiklar kuni. Birinchi kun. Inha
18FEV2020

Ochiq eshiklar kuni. Birinchi kun. Inha



Bugun COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) Toshkentdagi Inha universiteti talabalari uchun eshiklarni ochdi.
Uquvchilar Kompaniyaning faoliyati, axborot texnologiyalari va marketing bo'limi bilan tanishdilar, xodimlarning muvaffaqiyat tarixlarini tingladilar va ish jarayonida ishtirok etdilar.



Jahongir Baxodirov, raqamli mahsulotlar guruhi mutaxassisi:

 Ucell Kompaniyasining bir qismi bo'lish uchun bir necha tanlov bosqichlaridan o'tish kerak. Universitet yillarida men o'qish bilan birga IT va sotish sohasida amaliyot o'tadim. Menimcha, bu saralash bosqichida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ammo bu yerga ikkinchi urinishdan ishga kira oldim. Ucellda ish muhiti boshqacha. Bu yerda siz qimmatbaho tajribaga ega bo'lishingiz mumkin. Kompaniyada ko’plab yaxshi mutaxassislar ishlaydi. Nima bilan shug`ullanishingizdan qat`iy nazar: logistika, marketing yoki IT, barcha bo'limlar bir-biri bilan o'zaro aloqada. Ucell ochiq maydoni ( open space) rivojlanish uchun yaxshi platforma.



Vladimir Vasiliev, Mahsulot va xizmatlarni boshqarish bo'limi etakchi muhandisi:

— Men kompaniyaga yetti yil oldin tizimlarning holatini kuzatadigan oddiy muhandis sifatida keldim. Sekin-asta martaba zinapoyasidan yuqoriga ko'tarilib, etakchi mutaxassis bo’ldim. Universitetda loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan bo'lsangiz kerak,  juda ko'p ma'lumotlar to'planib, unlarni qanday tahlil qilishni bilmay qolgan vaqtlar ham bo`lgandir. Loyiha rahbari ma'lumotlarni saralab, hamma narsani aniq bloklarga joylashtirib, jamoaga vazifani belgilashi kerak. Bizda tanlov erkinligi. Har bir loyiha rahbari metodologiyani o'zi tanlaydi. Bo'sh vaqt bo'lsa, kod yozish taqiqlanmaydi. Ehtimol kelajakda kimdir yo'nalishni o'zgartirishni xohlashi mumkin. Hamma uchun ish topiladi.

An'anaga ko'ra, talabalar xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Aziz Karimov bilan uchrashdilar va kompaniyada stajirovka va ishga joylashish to'g'risida ko‘proq ma'lumotga ega bo’ldilar.

 
Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.